Parazitizm va uning vujudga kelishi reja: Kirish Asosiy qism Parazitizm xaqida tushuncha
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar
Download 242.16 Kb.
|
PARAZITLAR
4.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar
Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 39 mingdan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam or-ganizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alo-hida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, burun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrospondiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar. hatto, o'limga olib keladigan turlari bor. Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo'linadi. SARKODALILAR (SARCODINA) sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo'g'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bo'ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ular-ning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo'g'on va ko'r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniq-lagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo'Iishini isbotlagan. Ichburug' amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo'ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b) to'qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. Amyobaning to'qima va eritrofag shakllari ba'zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o'zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo'lib, zich parda - sista qobig'i bilan o'ralgan. Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo'ladi. Mayda vegetativ shakli kichkina (15-20 mkm) bo'lib, serharakatdir. Lining sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo'linadi. Endo-plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo'g'on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to'qima shakli (20-25 mkm) odamning yo'g'on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to'qimaiarni yemirib, shunmg hisobiga oziqlanadi. To'qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig'lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joyiarda topilib, eritrotsitlarbilan fagotsitoz holida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko'payib, to'qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo'jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidam-li bo'lib, hatto, xlorlangan suvda ham halok bo'lmaydi. Bir qancha dizenfeksiya-fovchi moddalar ta'siriga ham chidamli bo'ladi. Dizenteriya amyobasining sistalari-da 4 ta yadro bo'ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste'mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda bar bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo'ladi. So'ngra ular mitoz yo'li bilan bo'linib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo'lgan odamlar odatda sog'lom bo'lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyo-balar boshqa patogen shakliga, ya'ni to'qima shakliga aylanadi. To'qima shakli o'zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo'lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo'lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joyiarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo'lib, ko'ndalang o'lchami 20-40 mkm keladi, Soxta oyoqlari kalta bo'lib, o'zi esa ancha harakatchan bo'ladi. Sitoplazmada, ko'pincha, eritrotsitlarni topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyo-basi odamning boshqa a'zolariga (jigar, o'pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to'qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to'g'ri kelib qolsa, u qon orqali to'g'ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo'ladi. O'pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o'pkaga diafragma orqali o'tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og'rishi, ishtahaning yo'qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug' amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin. Download 242.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling