Parazitizm va uning vujudga kelishi reja: Kirish Asosiy qism Parazitizm xaqida tushuncha


Download 242.16 Kb.
bet7/9
Sana16.03.2023
Hajmi242.16 Kb.
#1279288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PARAZITLAR

XIVCHINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Asosiy qismi erkin holda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi: o'simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar (Zoo-mastigina).

Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari, asosan, hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfiga kiradi.


Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin holda yashaydi. Ko'pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urug'iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hay-vonlar qonida, orqa miya suyuqligi va boshqa organlarida parazitlik qilib, og'ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tripanosomalarning tasmaga o'xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldin-gi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'naladi. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Ba-zal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Tripanosomaiarning quyidagi turlari yaxshi o'rganilgan:
1) Afrika uyqu kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma gambiense;
2) Chagas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypanosoma cruzi;
3) Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan - Trypanosoma rhodesiense va boshqalar.
Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og'ir "uyqu kasalligi" deb atalgan xastalikni qo'zg'atuvchi parazitdir (2-rasm).
XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok bo'lgan. Kasallik tana haroratining ko'tarilishi bilan boshlanadi, so'ngra asta-sekin-lik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va, aksincha. uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o'z vaqtida davolanmasa, o'iimga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o'tadi.
Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasal-lik faqat shu qonso'rar pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashsha­lar ichagida parazitlar bo'yiga bo'linib, jinssiz ko'payadi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli cha-gas kasalligining qo'zg'atuvchisi - Trypano-soma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihat-dan Afrika uyqu kasalligini qo'zg'atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin, Trypanosoma cruzi, joylashish joyiga qarab, shakli har xil bo'ladi. Hujayraning ichida parazitlik qilgan tripano-soma xivchinsiz, intensiv ravishda ko'payib, psevdosistalar hosil qiladi. Parazitlar kasal-lik tarqatuvchi organizmida va sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli shaklda bo'ladi.
Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan Triatoma infestans qandala-sidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlarni o'ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2 yildan ortiq umr ko'radi) o'zida tripanosomalarni saqiaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.
Odatda parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlarning har xil yoriqlari, ja-rohatlar orqali faol yo'l bilan o'tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib, lab, ko'z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so'rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko'pincha tripanosomalar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga o'tadi. Ular teri va shilimshiq pardalarning hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko'paya boshlaydl So'ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tomirlarga o'tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana haro-rati ko'tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm sistemasi va retukulo-endotelial or-ganlarning hujayralariga o'tib, u yerda yashab qoladi. Kasallikning belgilariga tana haroralining ko'tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo'shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo'lgan bolalarda chagas kasalligi juda og'ir o'tib, o'limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo'yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o'ladi. Kasallik onadan bolaga ona suti, qon quyish orqali yu-qadi (tug'ma ham bo'Iishi mumkin). Chagas kasalligi ko'pincha qishloqlarda ko'p tarqalgandir. Ayniqsa, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan xonadon-larda, iflos joylarda triatom qandalalarning lichinkalari bemalol rivojlanadi.

Download 242.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling