Parazitizm va uning vujudga kelishi reja: Kirish Asosiy qism Parazitizm xaqida tushuncha


Download 242.16 Kb.
bet1/9
Sana16.03.2023
Hajmi242.16 Kb.
#1279288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PARAZITLAR


PARAZITIZM VA UNING VUJUDGA KELISHI
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Parazitizm xaqida tushuncha.
2.Parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
3. Parazitizm, kommensalizm, mutualizm va simbioz to’g’risida tushunchalar.
4.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Parazitologiya zoologiyaning amaliy fanlaridan biri bo’lib, u odam, hayvon va o`simliklarda parazitlik qilib, turli kasalliklarni paydo qiladigan hayvonlarni va ularga qarshi kurash choralarini o`rganadigan fan.


Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bioekologik hodisa bo’lib, hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanishidan iborat. Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti xo’jayin organizmining hayoti va xolati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu xolat esa uzoq evolyusion taraqqiyot davomida shakllangan bo’lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogel’mintologiya kabi soxalari jadal rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bo’lajak biolog-o’qituvchilar parazitologiya soxasida ham chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim.
Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, Parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo’jayini tanasining sirtida yashaydi) va ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo’jayini tanasining ichki to’qima yoki bo’shliqlarida yashaydi) bo’linadi. Bundan tashqari parazitlarni parazitlik qilish muddatiga ko’ra vaqtinchalik va doimiy (stasionar) parazitlarga bo’lish mumkin.
Parazitizm har xil turga mansub organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat usullaridan biri. Bunda organizmlaridan biri (parazit) ikkinchisi (xo’jayin)dan yashash muhiti va oziqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar etkazadi
Asosiy qism

Download 242.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling