Parazitizm va uning vujudga kelishi reja: Kirish Asosiy qism Parazitizm xaqida tushuncha


Download 242.16 Kb.
bet8/9
Sana16.03.2023
Hajmi242.16 Kb.
#1279288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PARAZITLAR

SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ularning ham-masi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. Shunga ko'ra, ulaming rivojlanishi murakkablashgan bo'lib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo'jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, himoya qobig'iga o'ralib spora hosil qiladi,
Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarini-na) sinflariga bo'Iinadi,
Mahsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Koksidiyasimonlar sinfi, o'z navbatida, bir necha turkumlarga bo'linadi. Kok-sidiyalar (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqa­li hayvonlar organlarining epiteliy to'qima hujayralarida, ya'ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli bar bir koksidiya turi faqat ma'lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz bo'ladi.
Cho'zinchoq yosh sbakllari, ya'ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko'payishidajinsiy vajinssiz bo'g'inlarning to'g'ri gallanishi xa-rakterlidir. Qoramol, qo'y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug'ining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil bo'lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o'taydi.
Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo'jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o'tadi.
Shizogoniva (jinssiz ko'payish davrO davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Quyon ichida ootsistaning qobig'i erib ketib, sporalarning po'sti yoriladi va ulardan duksimon ko'rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o'sib, hajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) bo'linadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham o'shanchaga bo'linadi va yangi avlod, ya'ni merozoitlar shakllanadi.
Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo'l bilan ikkinchi generatsiyani hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko'payish 4—5 marta takrorlangandan keyin merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi.
Gametogoniya fjinsiy yo'l bilan ko'payish') davrida epitelial hujayralarga ki­rib olgan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil bo'ladi. Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikro-gametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta harakatchanmikrogametalar hosil bo'ladi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan ichak bo'shlig'iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo'shiladi va natijada zigota hosil bo'ladi. Zigota qobiqqa o'ralib, ootsistaga ayla-nadi va ichak bo'shlig'iga chiqadi.
Sporogoniya davrida koksidiyalarning ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivoj-lanadi. Shu sababli, ootsista xo'jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista­ning ikki qavatli po'sti himoya vazifasini bajaradi. Qulay sharoitda ootsista rivojla-na boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga bo'linadi, ma'Ium vaqtdan keyin sitoplazma ham yadrolar soniga qarab, 4 ga bo'linadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitiar hosil bo'ladi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyaii (zararlaydigan) boLlib qoladi. Sunday invaziyaii ootsistalar hayvonlarning ichagiga tushganda, sporalardan va ootsistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalarning 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo'y va echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan. Baliqchilikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan Eimeria sardinae va Isospora urug'i turlari parazitlik qiladi.
Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlar­ning ishtahasi pasayadi, o'sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolarning zax bo'lishi, koksidiyalar uchun .qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi.


Kasallangan hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo'jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to'yimli yem-xashaklar bilan bo-qiladi.


Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlarning jigari, talog'i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug'diruvchi toksoplazmalar urug'i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemi-zuvchilarning muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya'ni go'sht sporalilar urug'i vakillari ham kiradi.
Tug'ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o'tadi va homi-laning nerv sistemasi, ko'zlari va boshqa a'zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o'lik yoxud mayib-majruh bo'lib tug'iladi. Toksoplazmada tirik tug'ilgan bola aq-lan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnev-moniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiyakabi og'ir kasalliklar kuzatifadi. Orttirilgan o'tkir toksoplazmoz esa terlama o'xshash kechib, bemor isitmalaydi, tomog'i og'riydi, jigari va talog'i shishadi yoki ko'pincha nerv sistemasi zararlanib, boshi og'riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemorning gavda harorati uzoq vaqt yuqori bo'ladi, boshi, tomog'i, mushaklari og'riydi, limfa tuguniari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixi-kasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko'zi, yuragi zararlanishi murnkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham murnkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollarni tibbiyot ko'rigidan o'tkazish zarur.

Hayvonlardan - qo'y, echki, cho'chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda parrandalar toksoplazmoz bilan kasailanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin bo'lish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali o'tadi. Kasal hayvonda yo'ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, organizm uvishishi va ten zararlanishi kuzatiladi.




XULOSA
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida, hamda ko’p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikan boshlilar, to’garak chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo’jaligiga, birinchi navbatda madaniy o’simliklarga va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o’simliklar xosildorligi va chorva mollarining maxsuldorligi keskin kamayadi, xatto ularni nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Xozirgi vaqtda er yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo’lsa, shuning 6 foizini parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 3500 dan ortiq turi, so’rg’ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, tasmasimon chuvalchanglarning 1800 turi, tikanboshli chuvalchanglarning 500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turlari va bo’g’imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qismi ham parazitlardir.
Bu bir hо‘jayrali hayvonlar yer yuzining hamma joyida uchraydi: okeanlarda, dengizlarda, chuchuk suvlarda, turli о‘simlik hayvonlarning tanasida va hatto nam tuproqlarda hayot kechiradi. Parazit formalari insonda, hayvonlarda xavfli kasalliklar qо‘zg‘atadi. Hozirgi sistematikaga kо‘ra bu tipga 25000 dan ortiq tur kirib beshta sinfga bо‘linadi.
1. Sarkodalilar (yolg‘on oyoqlilar) - Sarcodina
2. Xivchinlilar – Mastigophora
3. Sporalilar – Sporosoa
4. Knidosporida – Cnidosporidia
5. Infuzoriya – Jnfusoria.
2.Sarkodalilar (Sarcodina) sinfi.



Download 242.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling