Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


Download 407.5 Kb.
bet13/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

KLONORXOZ (CLONORCHIS) qo’zg’atuvchi - Clonorchis sinensis ning uzunligi 10-20 mm atrofida bo’lib, tanasi yassilashgan, ikkita so’rg’ichi bor. Parazitning tuzilishi va rivojlanishi opistorxisnikiga o’xshash. Bu trematodaning ham asosiy xo’jayinlari odam va yirtqich sutemizuvchilar hisoblanadi. Asosiy xo’jayinlarining jigarida, o’t pufagida va oshqozon osti bezida parazitlik qiladi.
Parazitning tuxumi sariq-jigarrang bo’lib, suvga tushganidan keyin mirasidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka oraliq xo’jayini - suv shilliqqurtlariga (Bithynia) kirib rivojlanishini davom ettiradi. Mollyuska tanasida mirasidiydan sporosista, sporosistadan rediy, rediydan serkariy kabi lichinkalik bosqichlari 2 oy davomida rivojlanadi. Serkariy mollyuska tanasidan suvga chiqib, karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliqlar va qisqichbaqalar tanasiga o’tib, metaserkariy bosqichiga aylanadi.

Odamlar va yirtqich sutemizuvchilar klonorxislar metaserkariylari bilan zararlangan baliqlar va qisqichbaqalarni eyishi natijasida parazitni o’zlariga yuqtiradi. Odamlarga metaserkariylar o’tgandan 4 oydan keyin parazit jinsiy voyaga etib tuxum



35


qo’ya boshlaydi. Klonorxis odamlar organizmida 25 yilgacha parazitlik qilib hayot kechirishi mumkin.


Klonorxislar asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasida keng tarqalgan bo’lib, odamlar o’rtasida klonorxoz kasalligini keltirib chiqaradi.

MD•da klonorxislar Amur daryosining suv xavzalari atrofidagi axoli o’rtasida uchrab turadi. Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldini olish choralari opistorxislarnikiga o’xshash.



METAGONIMOZ (METAGONIMUS) qo’zg’atuvchisi - Metagonimus yokogawai ham so’rg’ichlilar sinfiga kiradi. Uzunligi 1-2,5 mm atrofidagi mayda parazit. Metagonimus odam, mushuk, it, cho’chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan kasallangan asosiy xo’jayinlari axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi. Metagonimusning oraliq xo’jayinlari chuchuk suv shilliqqurtlari va qo’shimcha xo’jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar (zog’ora baliq, leshch, laqqa baliq, do’ng peshona, gulmoy baliq va boshq.) hisoblanadi. Metaserkariylar baliqlarning tangachalarida, suzgich qanotlarida, jabralarida va teri osti yog’ qavati hujayralarida hamda muskullarida joylashadi.
Odam va yirtqich sutemizuvchilar metaserkariylar bilan zararlangan baliqlarni iste’mol qilishi natijasida parazitni o’zlariga yuqtiradi.

Metagonimoz qo’zg’atuvchilari bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasida va Filippin orollari atrofidagi axoli ko’proq zararlanadilar.

MDHda esa Amur daryosi suv xavzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi.

Odamlar asosan xom baliqlarni eyishlari oqibatida kasallanadi.


Metagonimoz qo’zg’atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasallangan odamlarni davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish opistorxoznikiga o’xshash. Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan davolanadi.

Trematodalarning orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruxi qon ikki so’rg’ichlilari - shistosomalar (Schistosoma, Orientobilharzia va boshqalar) hisoblanadi. SHistosomalar qon parazitlari bo’lib, odam va hayvonlarda ichak, jigar va siydik pufaklarining qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha yo’g’on, 10-15 mm uzunlikda bo’ladi, ularning qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi bo’lib, unga uzun (20 mmdan ortiq) va ingichka urg’ochisini joylashtirib birga yashaydi. Bularning so’rg’ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay bo’lmaydi.

SHistosomalar odamning qorin bo’shlig’idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida yashaydi. SHistosomalar, ya’ni qon ikki so’rg’ichlilari biogel’mintlar bo’lib, ularning rivojlanishida oraliq xo’jayin sifatida planorbis avlodiga mansub mollyuskalar qatnashadi.

Urg’ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini emirib, qovuq devorining biriktiruvchi to’qimasiga tuxum qo’yadi. Buning natijasida qovuq yallig’lanadi va kasallanadi. Mirasidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini



36


teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan mirasidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli mollyuskalar tanasiga kirib oladi. SHundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona sporosistalar, keyin qiz sporosistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar xosil bo’ladi.


Mollyuska organizmida bitta mirasidiydan 200 mingtagacha serkariylar etishadi. Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun organizm bo’ylab migrasiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga etib tuxum qo’ya boshlaydi. SHistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda er yuzida 700 mln dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi.

Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schistosoma japonicum turlari ko’proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma mansoni turi bilan 4 milliondan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida SHistosoma gematoibium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70% axoli ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda axolining 60-95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. SHistosomalar bemorlar tanasida 5-10 yilgacha parazitlik qiladi.

SHistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini jaroxatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli qovuqda tosh xosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odmalarga ambil’gar, antiomalin, mirasil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qo’llaniladi.

Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so’rg’ichlilardan yana biri Orientobilgarsiyadir (Orientobilharzia turkestanica). Bu parazitni birinchi marta 1913 yili akademik K.I.Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgarsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Xindiston, Pokiston, Turkiya va Mongoliya davlatlarida keng tarqalgan. MDXda esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq SHarqda uchraydi.

O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va qoraqalpog’iston respublikasida keng tarqalgan.

Boshqa qon ikki so’rg’ichlilariga o’xshab uning ham rivojlanishi ikkita xo’jayinda ketadi. Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari (Lymnaea auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayini chorva mollari hisoblanadi.

Orientobilgarsiya tuxumlari qon tomirlari devorini teshib ichakka va undan hayvonlar tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tuxumlarda tayyor lichinkalar - mirasidiylar bo’ladi. Suvda tuxumdan chiqqan mirasidiylar o’z oraliq xo’jayinlari - shilliqqurtlarni faol ravishda axtarib topib, uning organizmiga kirib oladi va ona sporosistaga aylanadi. Ona sporosista o’z navbatida partenogenetik yo’l bilan ko’payib 100-200 ta qiz sporosistalar va har bir qiz sporosistada kelgusida 100 tadan serkariylar xosil bo’ladi, ya’ni bitta mirasidiydan kelgusida 20 mingdan ortiq

37


serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18-21 kunda paydo bo’ladi va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari tanasiga terini teshib kiradi. yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va yana tuxum qo’ya boshlaydi. Ular asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin.


Bu kasallikka qarshi ambil’gar, mirasil-D, dronsit kabi dorilar qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo’jayinlari orasidagi biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko’proq og’ilxonalarda boqish zarur, buzoqlarni aloxida saqlash, xo’jaliklarda mollarni sug’orishni to’g’ri yo’lga qo’yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar oilalari vakillari parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.

So’rg’ichlilar sinfi o’z navbatida digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar kenja sinflariga bo’linadi.

Digenetik so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo’lib, nasl gallanishi orqali boradi. So’rg’ichlilar sinfining ko’pchilik turlari digenetik so’rg’ichliliar kenja sinfiga kiradi.

Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin rivojlanish siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - ikki pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.




Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling