Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
– mavzu. Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda)
- Qisqichbaqasimonlar (Crustacea)
10 – mavzu. Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi.
Parazit qisqichbaqasimonlar va o’rgimchaksimonlar. Mavzu rejasi: Bo’g’imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi va tasnifi. Parazit qisqichbaqasimonlarning tuzilishi, ko’payishi va baliqchilik xjaliklariga keltiradigan zarari. Parazit o’rgimchaksimonlarning tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va keltiradigan zarari. Parazit kanalar, ularning tuzilishi, tarqatadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari. 79
Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi hayvonot olamida turlarining ko’pligi jixatdan dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ayni vaqtda ularning 1500000 ga yaqin turi fanga ma’lum. Bo’g’imoyoqlilar evolyusiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv xavzalarida, tuproq usti va ichida, xavoda yashaydi. Bir qancha turlari esa odam va hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi. Bo’g’imoyoqlilarning eng xarakterli belgisi gavda va undagi o’simtalarni bo’g’imlarga bo’linganligidir. Gavdasi xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikula ularni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va muskullar birikadigan tashqi skelet vazifasini bajaradi. Bo’g’imoyoqlilarning gavdasi uch bo’limdan, ya’ni bosh, ko’krak va qorindan iborat. Ovqat xazm qilish organlari oldingi, o’rta va orqa ichaklarga bo’linadi. Oziqlanish usullariga qarab og’iz apparatlari har xil tipda tuzilgan. Nerv sistemasi bosh miya va qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo’lib, funksional jixatdan yuqori darajada ixtisoslashgan. Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular yashash tarziga qarab teri, jabra, o’pka va traxeya orqali nafas oladi. Bo’g’imoyoqlilar tipida parazit turlari asosan xasharotlar, o’rgimchaksimonlar va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari ichida uchraydi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipining yagona sinfi bo’lib, ularning deyarli hammasi suv hayvonlari hisoblanadi. Gavdasi bosh, ko’krak va qorin qismiga bo’lingan, hamda ustki tomondan xitinli kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida 5 juft o’simtasi bo’lib, birinchi jufti – antenulla, ikkinchi jufti – antenna deb ataladi. Keyingi 3 jufti og’iz oyoqlari hisoblanadi. Ko’krak va qorin qismidagi oyoqlar soni turkumlariga qarab har xil bo’ladi. Qisqichbaqasimonlar deyarli ayrim jinsli, ovqat xazm qilish, ayirish va qon aylanish sistemalari mavjud. Jabralar yoki teri orqali nafas oladi. Qisqichbaqasimonlarning ayirim turlari parazitlik bilan yashashga o’tgan, shunga ko’ra ularda gavdasining ko’rinishi va tuzilishi tubdan o’zgarib ketgan va tashqi ko’rinishi bo’yicha mutlaqo qisqichbaqasimonlarga o’xshamaydi. Parazit turlari ayniqsa kurakoyoqlilar (Copepoda, - 1000 dan ortiq turi bor), karpxo’rlar (Branchiura, 130 ta turi bor), mo’ylovoyoqlilar (Cirripedia, 54 ta turi bor) va tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling