Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


Xartumli zuluklar (Rhynchobdelida)


Download 407.5 Kb.
bet19/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Xartumli zuluklar (Rhynchobdelida) turkumiga kiruvchilarida xartumchaga aylangan tomog’i bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli hayvonlarga, ayniqsa, baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so’rib, ektoparazitlik bilan hayot kechiradi.

Odatdagi baliq zulugi - Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda parazitlik qiladi. Bizning xavzalarimizda ko’pincha chig’anoqli zuluk - klepsina (Glossosiphonia complanata) uchraydi. Odatda, ularning uzunligi 3 sm atrofida bo’lib, chuchuk suv mollyuskalarining har xil turlarini (shilliqlarni, g’altaksimonlarni va boshqa shilliqqurtlarni) tutib eydi. Chig’anoqli zuluklarda nasl uchun qayg’urish kuchli rivojlangan. Ular pillalarini gavdasining qorin tomoniga yopishtirib oladi va bu vaqtda ona zuluk kam harakat qiladi. U biron o’simlikka so’rg’ichlari bilan yopishib, gavdasini tebrantirib turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham ona zuluk o’z xolatini o’zgartirmaydi. Odatda yosh zulukchalar o’z so’rg’ichi bilan onasining qorin tomoniga yopishganicha bir necha kun qoladi va so’ngra onasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga o’tadi. Ayrim xartumli zuluklarda xaqiqiy jabrasi bo’ladi.

Xartumli zuluklarning ayrim turlari qushlarda parazitlik qiladi. 5 smgacha keladigan bu zuluklar suvda suzuvchi qushlarning og’iz bo’shlig’i va nafas yo’llariga yopishib, qon so’rib yashaydi. Ayrim xavzalarda ular g’oz, o’rdak va boshqa xonaki qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo’jaligiga katta zarar etkazadi.

Ba’zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va xatto odamlarda ham parazitlik qiladi. Xartumli zuluklar 3 tadan 5 tagacha pilla qo’yishi mumkin. Bitta zuluk 65 tadan 611 tagacha tuxum qo’yadi.




  1. Jag’li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilarning ko’pchiligida og’iz bo’shlig’ida jag’ apparati bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi

77


zuluklarda 5 juft ko’z va qo’shilish organi bor. Ular asosan qon so’rib, ba’zida esa mayda umurtqasizlar bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag’lari kichrayib ketgan.


Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag’li zuluklar turkumining eng muhim vakilidir. Uning og’iz bo’shlig’ida 3 ta jag’i bo’lib, har bir jag’ida 100 ga yaqin xitinli tishlari bo’ladi. 25-30 smgacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari MDXning janubida, ya’ni Markaziy Osiyo, qozog’iston, Kavkaz, Moldaviya va Janubiy Ukrainaning turli suv xavzalarida ko’plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil umurtqali hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin ularning asosiy ozuqa manbai bu baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi. Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili jinsiy voyaga etadi va bir yilda bir marta yoz oylarida pilla qo’yadi. Laboratoriya sharoitida esa jinsiy voyaga etgan zuluklarni 12-18 oy ichida o’stirish mumkin va yilning turli fasllarida har 6-8 oy ichida pilla qo’yishi mumkin. Tibbiyot zulugining pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum bo’ladi. Bitta tibbiyot zulugi 10 sm3 qon so’rishi va shundan so’ng 1,5-2 yil ovqatlanmay yashashi mumkin. XIX asr oxirlarigacha tibbiyot zulugi xalq tabobatida turli kasalliklarga, ya’ni ko’zning ichki bosimi ortib ketishiga aloqador ko’z kasalliklariga (glaukoma) davo qilishda, miyaga qon quyilganida, gipertoniyada, yomon yaralar chiqqanida ko’p qo’llanilgan. Masalan, 1940 yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan tabobatda foydalanishgan. Xozirgi paytda ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim kasalliklarga qarshi, ya’ni qon bosimini pasaytirish maqsadida keng qo’llaniladi. SHuning uchun ham tibbiyot zulugini faqat tabiiy suv xavzalaridangina ushlash bilan qanoatlanmasdan, balki aloxida pitomniklarda ham ko’paytirilmoqda.

Jag’li zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi (Haemopis sanguisuga) ham kiradi. Uning jag’lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va sutemizuvchilarning terisini tishlay olmaydi. Ular yirtqichlik bilan hayot kechirib, asosan chuvalchanglar, mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o’z pillalarini qirg’oqqa, suv betidan yuqoriroqqa ko’mib qo’yadi. Markaziy Osiyoning tog’li xududlaridagi tiniq suvli ko’l va soylarda uchraydi.

Jag’li zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu zararli zuluk Afrikada, SHarqiy Janubiy Evropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda ko’p tarqalgan. SHu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy Osiyoda (Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki mollar suv ichayotgan vaqtida ularning og’iz bo’shlig’i yoki xalqumiga o’tib, yopishib qon so’radi va hayvonlarga katta zarar etkazadi. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha Markaziy Osiyoda 30 %gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan zararlanadi.

Odam xovuzdan cho’kkalab suv ichganida ba’zan suv bilan odamning xalqumiga yoki qizilo’ngachiga ot zulugi o’tib yopishadi va qon so’radi. Ular girudin moddasi ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo’ladi. Umuman, bu zuluklar odamninig burun bo’shlig’ida, traxeyasida ham parazitlik qilganligi fanga ma’lum. Ularning ayniqsa traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so’rgan sayin shishib kattalasha boradi va odamning bo’g’ilib qolishiga sabab bo’ladi. Bunday paytda zuluklar jarroxlik yo’li bilan olib tashlanadi yoki 10 %li osh tuzining kuchli eritmasiga tomoqni chayqash yo’li bilan tushiriladi. Ot zulugining jag’lari juda



78


kichkina, rangi sarg’ish, och zangori tusda, ikki yon tomonida sarg’ish-qizil yo’li bor, dum so’rg’ichi juda katta.


Jag’li zuluklar turkumiga yana tropik nam o’rmonlarda, quruqlikda yashovchi qonxo’r jag’li zuluk - Haemodipsa ceylonica ham kiradi. Ular ayniqsa, Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 smli bu zuluklar daraxtga yopishgan xolda odam va hayvon o’tishini poylaydi va ko’pincha ularga tashlanib qonini so’rib azob beradi.


Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling