Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
- mavzu. Parazit bir hujayrali hayvonlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa
- SARKODALILAR (SARCODINA)
2- mavzu. Parazit bir hujayrali hayvonlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar. Mavzu rejasi:
Odam va maxsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar, ularning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tasnifi. Parazit bir hujayrali hayvonlarning qo’zg’atadigan kasalliklari. Bir hujayrali hayvonlar qo’zg’atadigan kasalliklarning oldini olish choralari. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 31 mingdan ortiq tur kiradi. Ko’pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o’simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar nomidan ko’rinib turganidek morfologik jixatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo’lsada, lekin fiziologik jixatdan mustaqil individlar bo’lib, aloxida xolda ko’p hujayrali hayvonlarga o’xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o’zi bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o’z navbatida 5 ta tipga bo’linadi. 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2.Sporalilar (Sporozoa). 3. Mikcosporidiyalar (Micsosporidia). 4.Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, mikcosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar asosan erkin xolda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham maxsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib og’ir kasalliklar va xatto o’limga olib keladigan turlari bor. Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo’linadi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875 yilda rus shifokori A.F.Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo’lishini isbotlagan. Ichburug’ amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng. Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo’ladi. Vegetativ xolatining uch xil shakli aniqlangan: a). Kichik vegetativ shakli; b). To’qima shakli; v). Gematofag yoki eritrofag shakli. Amyobaning to’qima va eritrofag shakllarini ba’zan yirik vegetativ shakl ham deyiladi. Aslida bu ikki shakl o’zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq 7
qiladi. Sista odatda yumaloq shaklga ega bo’lib, zich parda - sista qobig’i bilan o’ralgan.
To’qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig’lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrositlar bilan fagositoz xolida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko’payib to’qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo’jayini axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo’lib, xatto, xlorlangan suvda ham xalok bo’lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli bo’ladi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro bo’ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo’ladi. So’ngra ular mitoz yo’li bilan bo’linib soni ikki xissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo’lgan odamlar odatda sog’lom bo’lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya’ni to’qima shakliga aylanadi. To’qima shakli o’zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo’lishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo’lishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo’lib, ko’ndalang o’lchami 20-40 mkm keladi. yolg’on oyoqlari kalta bo’lib, o’zi esa ancha harakatchan bo’ladi. Sitoplazmada ko’pincha eritrositlarni topish mumkin. SHuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a’zolariga (jigarga, o’pkaga) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to’qima shakli xosil qilgan yara qon tomiriga to’g’ri kelib qolsa, u qon orqali to’g’ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo’ladi. O`pkaning jaroxatlanishi esa jigar absessining o’pkaga diafragma orqali o’tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari asosan qorin og’rishi, ishtaxaning yo’qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin. Kasallikka tashxis qo’yish uchun bemorning najasi konservantga yig’iladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A.Turdiev tomonidan taklif etilgan (1971 y.). Odamda 4-yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat 8
beradi. Ichburug’ amyobasi er yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10% dan 30% gacha etadi. Ichburug’ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O`zbekistonda ham uchraydi.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling