Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA)


Download 407.5 Kb.
bet7/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA) turkumi vakillari sutemizuvchilarning qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi 2 ta xo’jayinda, ya’ni asosiy xo’jayinlari qon so’ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo’jayinlari turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o’tadi. Bu turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. Ikkita oilasi bor, ya’ni babezidlar (Babesidae) va teyleridlar (Theileridae). Babezid va teyleridlarning barcha vakillari eritrositlarda parazitlik qilib, qoramollar, otlar, tuyalar, cho’chqalar va itlarga katta zarar etkazadi. Kasallangan hayvon qonini so’rgan kana parazitni o’ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar etilib, ular o’zaro qo’shiladi va zigota-ookineta xosil bo’ladi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda rivojlanayotgan tuxumlarga o’tib sporosistaga aylanadi. Sporosista ichida esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalarning so’lak bezlarida ham to’planadi. Bunday kanalar sog’lom hayvonlarga yopishib ularning qonini so’rganda sporozoitlar kana so’lagidan maxsuldor hayvonlar qoniga o’tadi.
Sporozoitlar eritrositlarda jinssiz ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payib piroplazmidoz kasalligini qo’zg’atadi. Bu kasallik chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazadi. Kasallangan mollarning 40-50 % nobud bo’ladi. Piroplazmidozga qarshi kurashish uchun tarqatuvchisi - yaylov kanalarini qirib tashlash kerak. Kasallangan mollar davolanadi.

20




4 – mavzu. MIKROSPORIDIYaLAR (MICROSPORIDIA) ВА INFUZORIYa (INFUSORIA) TIPLАRI


Mavzu rеjаsi:


  1. Parazit мikrosporidiyalar - (MICROSPORIDIA).


  2. Parazit infuzoriyalаr - (INFUSORIA)

Мiksosporidiyalar tipi yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo’shib o’rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur o’rganilgach, morfologik va fiziologik jixatdan sporalilardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalarni mustaqil tip darajasiga ko’tarishga imkon yaratildi.

Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko’p hujayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerak-ki, miksospordiyalarning ko’payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulli sporalari deyarli hamma vaqt etishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakterlidir. (Ma’lumki, sporalilar tipining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish stadiyasida etishar edi).

Miksospordiyalarning vakillari hayvonlarning hujayrasida parazitlik qilib yashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida bo’ladi. Kapsulada o’ralib yotgan kuydirgich ipi bo’lib, xo’jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning epiteliysiga sanchiladi. So’ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo’jayin to’qimasi ichiga kiradi.

Miksospordiyalar tipiga 2 ta sinf kiradi: 1.Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi. 2.Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi.

Aktinomiksidiyalar sinfi vakillari asosan xalqali chuvalchanglarda parazitlik qiladi va 20 dan ortiq turi bor.

Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga 1000 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo’jaligiga katta iqtisodiy zarar etkazadi.

MDX da bu sinf vakillarini o’rgangan olimlar V.A.Dogel va S.S.SHul’manlar hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllar gallanishining yo’qligi bilan sporalilardan farq qiladi.

SHilimshiq sporalilar baliqlarning har xil to’qima va organlarida (jabralari, terisi, o’t pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlarning terisida shishlar paydo bo’lib, ko’plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi (Myxobolus pfeiffera).

Miksosporalilarning o’lchami bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi. Rivojlanishi deyarli o’z xo’jayini-baliqlarning organizmida ketadi, ya’ni baliqlar parazit sporalarini yutib zararlanadi.

Sporalari juda murakkab tuzilgan, ko’p hujayrali bo’lib, qutbli kapsula va uning ichida spiral kabi o’ralgan otiluvchi iplar joylashgan. Sporalar baliqlarning xazm organlariga o’tganida ta’sirlanib, iplar kapsula ichidan tashqariga otilib chiqadi va xo’jayin to’qimasiga sanchiladi. SHu yo’l bilan sporalar organlar devoriga qattiq

21
o’rnashib oladi va keyingi taraqqiyotini davom ettiradi. Bundan tashqari spora ichida amyobasimon embrion, yadrolar va boshqa organellalar joylashgan.

Baliq ichiga kirgan sporalarning po’sti shiralar ta’sirida yoriladi va uning ichidan chiqqan amyobasimon embrion ma’lum to’qima yoki organga o’rnashib, ko’p yadroli, yirik vegetativ shaklga aylanadi. Keyinchalik ulardan sporalar etiladi va tashqariga - suvga chiqadi. Boshqa baliqlar ham bu sporalarni yutib zararlanadi.


Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling