Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan quriLİsh mashinalari va jihozlari


Download 233.68 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi233.68 Kb.
#1614659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan mashina va jihozlar

Materiallarni kesuvchi mashinalar. Qaychilar silliq, to’lqinsimon yupqa metallarni, armaturalarni va boshqa materiallarni kesish uchun ishlatiladi. Elektrik, pnevmatik yoki gidravlik uzatmalar yordamida ishlaydigan chopqili, pichoqli, tiluvchi, diskli va richagli qo’l qaychi turlari mavjud.
Pichoqli qaychilarda ikkita kesuvchi qism bor, biri harakatlanuvchi, ikkinchisi harakatsiz. Chopqili kesuvchilarda kesuvchi asbob sifatida puanson va matritsa xizmat qiladi, tiluvchilida — ikkita qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas pichoqlar bo’lib, kesiluvchi material ular orasidan o’tadi. Diskli kaychilarda kesuvchi asbob ikkita aylanuvchi disk hisoblanadi. Eng ko’p tarqalganlari birinchi ikki turdagi mashinalar, chunki ular 4 mm gacha qalinlikdagi metallarni qirqishi mumkin, disklilar esa faqat 1 mm gacha bo’lganlarini qirqadi xolos.
Chopqili qaychilar (12.21–rasm, a) 4 mm gacha bo’lgan turli metall buyumlarda tirqishlar va tuynuklar hosil qilish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, ular yordamida to’lqinsimon profilli yupqa po’latlarni qirqish mumkin. Kaychilar bilan ishlanganda kesish chiziklarining tug’riligi va tozaligiga erishiladi. Yopik konturlarni kesishda, avval ushlagich matritsasi tashqi diametriga teng bo’lgan teshik teshib olinadi. Kesish jarayonida teshish asosidan foydalaniladi. Ishchi asbob bo’lib puanson 2 va matritsa 1 xizmat qiladi. Puanson 2 ning xar bir pastga tushishida o’roq shaklidagi temir qirindi chiqadi. Kesilishda siljish temir qirindisiniig eng katta o’lchovi bilan xarakterlanadi. Kesilgan joy yul–yul shaklga ega bo’lib, ularning eni puanson diametriga teng. Puanson polzun 3 ga mahkamlangan bo’lib, shatun 4 orqali ilgarilanma–qaytma harakat oladi. Shatun esa krivoship vali 5 yordamida harakatga keladi. Dvigateldan krivoship valiga aylanish tishli reduktor orqali uzatiladi. Pnevmorotatsion dvigatelli kaychilarda harakat planetar reduktor orqali uzatiladi, ular yordamida konstruksiya sod– daligiga erishiladi.
Pichoqli qaychilar (12.21—rasm, v). Ular 4 mm gacha bo’lgan yupqa metallarni qirqish uchun mo’ljallangan. Bu kaychilarning dvigateli va reduktori
chopqili qaychilar bilan bir xil. Pichoqli kaychilarning pichog’i 8 polzunga mahkamlangan va kronshteyn 7 dagi qo’zg’almaydigan pichoq 6 dan iborat bo’lib, u chig’anoqqa o’rnatiladi. Ular ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisida qo’zg’almas pichoqning kesuvchi qismi dvigatel o’qiga parallel (12.21—rasm, v) ikkinchisida burchak ostida joylashgan (12.21–rasm, b). Pichog’i qiya o’rnatilgan kaychilarda kesishdagi zo’riqish kuchining tashkil etuvchisi hosil bo’lib, boshqaruvchi ko’shimcha kuch sarf qilishiga majbur bo’ladi. Pichoqni tug’ri o’rnatish va charxlab turish ish unumdorligini oshirib, xavfsiz ishlashni ta’minlaydi.
Pichoqlar shunday urnatilishi kerakki, harakatlanuvchi qismi pastki holatda qo’zg’almas pichoq yuzasidan 0,5... 1 mm ga pastga tushishi kerak. Bu pichoqli qaychilarning zarbsiz ishlashini ta’minlaydi. Pichoqli qaychilar ish unumi quyidagi formula yordamida topiladi:
P Kn(2e f ) / (1000tg ) , (12.1)
bu yerda: e ekstsentrik val ekstsentrisiteti, mm; f — kesuvchi qism detallarning deformatsiyasini hisobga oluvchi koeffitsient, mm (f=1,1); p — qo’zg’alanuvchi pichoqning bir minutdagi ikkilangan harakatlar soni; β — vertikal yuzadagi pichoqlar qirralari orasidagi burchak, grad; K —koeffitsient, 0,7...0,9.
Materiallarni randalash va qirqish uchun ishlatiladigan mashinalar. Arralar, randalar va qoquvchilar — odatda elektr uzatmali qilib ishlanadi. Kesish tezligining yuqoriligi (30...50 m/s) va kesish chuqurligini kattalashtirish mumkinligi (metallarga ishlov beruvchi mashinalarga nisbatan bir necha marotaba katta) yog’och ishlovchi mashinalarga quvvatli elektrodvigatellar (0,6 kVt dan katta) o’rnatishni talab qiladi.



    1. — rasm. Qaychilar


Download 233.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling