Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan quriLİsh mashinalari va jihozlari
Download 233.68 Kb.
|
Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan mashina va jihozlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’chma suvoqchilik stansiyasi, suvash pardozlash mashinasi va silliqlash mashinasi
a – chopqili qaychi, b,v — pichoqli qaychi.
1 – matritsa, 2 – puasson, 3 – polzun, 4 – shatun, 5 – val, 6 – kuzgalmas pichok, 7 – kronshteyn, 8 – siljuvchi pichoq Chegaralangan vaqtda (CHV) ishlovchi mashinalar (CHV 40 va 60%), kichik quvvatli bo’lishi mumkin. Diskli arralar turli yog’och materiallarni eniga va bo’yiga arralash uchun ishlatiladi. Ular yana boshqa duradgorlik ishlarida gupchak va shiplar tayyorlashda, yog’och konstruksiyalarni yig’ish va boshqa ishlarda ishlatiladi. Bu mashinalarning asosiy kattaliklariga kesuvchi disk diametri va uning salt yurishidagi aylanishlar soni kiradi. Diskli arralar nominal qatori arralash chuqurligi bo’yicha 45, 65, 85 va 100 mm ni tashkil qiladi, shunga mos arradiski diametri 125, 160, 200 va 250 mm ni tashkil qiladi. Diskli arralar nominal aylanishlar soni (min–1): 3000...4500 — 125 mm li disklar uchun; 2400...3600 — 160 mm li disklar uchun. Arrali diskni ishlov beriluvchi materialga nisbatan 45° gacha sozlash tayanch plitalarning mashina korpusiga sharnirli qilib bog’lash yordamida amalga oshiriladi. Boshqa sharnir mashina korpusini tushirishga va ko’tarishga yordam berib, kesish chuqurligini o’zgartiradi. Mashina korpusi kesish chuqurligini chegaralamasligi uchun shpindel dvigatel bo’ylama o’qidan pastroqqa joylashtiriladi. Mashina asosiga ko’pincha harakatni yo’naltiruvchi va berilgan enlikda material olish uchun qurilma o’rnatiladi. Kesuvchi disk orasiga pona o’rnatiladi, u kesilgan diskni kengaytirib, arrani qisilib qolishidan saqlaydi. Diskli arralardan yana marmarlarni, toshlarni va boshqa materiallarni kesishda foydalaniladi. Bu hollarda arrali disk o’rniga abraziv disklardan foydalaniladi. Diskli arralarning ishchi asbobi bo’lib po’lat disk (po’lat markasi 85XF) xizmat qilib, aylanasi bo’ylab harakat qilganda, harakat quvvati ishqalanishni yengishga ketmasligi uchun arratishlari ikki tomonga birin— keyin xiyla yonboshlatib ochiladi. 1,2 va 1,4 mm qalinlikdagi tishlar uchun yonboshlatish oralig’i 0,5 mm, kalinroqlari uchun esa 1,4...0,7 mm bo’ladi. Yog’ochni uzunasiga arralovchi yumaloq arralarning o’tkirlash, o’tkirlanuvchi kesuvchi qirrali arratishlarini yon tomonga burmasdan o’tkaziladi. Kundalang arralovchi arralarni o’tkirlash kesish qirralarini arralarning yon tekisligiga nisbatan burib o’tkirlanadi, bunda tish o’ngga burilgan, qirra esa chapga burilgan va aksincha bo’ladi. Yumaloq arraning aylanishining yo’nalishi arralanayotgan materialdan chiqayotgan qirindining yo’nalishi bilan bir xil bo’lishi kerak. Randalar turli yog’och buyumlarni randalash uchun ishla tiladi. Baraban va unga mahkamlangan pichoqlar randalarning ishchi qismi bo’lib hisoblanadi. Ilgari ishlab chiqarilgan randalarda baraban sifatida elektrodvigatelning tashqi rotori ishlatilsa, yangi konstruksiyalarda baraban ham mashina korpusidan va elektrodvigateldan ajratilib, burovchi momentni uzatuvchi sifatida reduktordan, ponasimon yoki tishli tasmalardan foydalaniladi. Tasmali uzatmalardan foydalanish shovqin va titrashni kamaytiradi. Randalarning asosiy kattaliklariga randalash eni kiradi (75, 100 va 160 mm). Randalash chuqurligi barabanga nisbatan asosi plitaning hamma qismini yoki bir qismini ko’tarib tushiruvchi qurilma yordamida sozlash bilan amalga oshiriladi. Randa pichoqlari barabanga boltlar yordamida mahkamlanadi. Ko’p randalar pichoqlarining yuqoriga qilib o’rnatilishi ularni statsionar qurilmalarda ishlatish imkoniyatini beradi. Pichoqlar toblangan po’lat plastinkalardan tayyorlanib, bir tomonlama 38...40 burchak ostida o’tkirlanadi. Ko’chma suvoqchilik stansiyasi, suvash pardozlash mashinasi va silliqlash mashinasi Qurilishda pardozlash ishlari ancha ko’p bo’lib, umumiy ishlarning 30% ni tashkil qiladi, ularning sarf–harajatlari esa umumiy sarf–harajatning 20% ni tash- kil qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, hali ham qurilishdagi ko’pgina pardozlash ishlarida qo’l mehnati katta o’rin egallaydi. Suvash va qoplash ishlarini bajarishda qorishmani tayyorlaydigan, transportirovka qiladigan va uni suvaladigan yuzaga yetkazib beradigan, shuningdek, suvalgan yuzaning suvog’ini shiladigan mashinalar ishlatiladi. Bu mashinalar ish sharoitiga qarab alohida, birgalikda, bir ramaga joylashtirilgan holda yoki texnologik ketma–ketlikda ishlatilishi mumkin. Katta qurilishlarda suvoq uchun qorishma maxsus zavodlarda tayyorlab keltiriladi. Suvoq, agregatlari. Hajmi uncha katta bo’lmagan bino ichlaridagi suvoq ishlarini bajarish uchun suvoq agregatlari ishlatiladi (12.22—rasm). U qorishmani tayyorlashga, quzg’ashga, to’plashga, transportirovka qilish va havo yordamida ishlaydigan purkagich bilan suvaladigan yuzaga tarqatish uchun mo’ljallangan. Suvoq agregati ko’shimcha yigishtiriluvchi tayanchlari 1 bo’lgan ramaga o’rnatilgan jihozlar yig’indisidan iboratdir. Jihozlarga oqimga qarshi qorishma nasosi 4, reduktor 5, tebranma elak 3, uzatma 6, qo’zg’atuvchisi bo’lgan qabul punkta 2, elektrodvigatel 8 dan umumiy uzatma orqali harakat oluvchi plita 9 ga o’rnatilgan kompressor 7 kiradi. Bundan tashqari, agregatda o’z uzatmasi 12 bo’lgan kajavali aralashtirgich 13, qorishma o’tkazgich va havoli shlangi 11 bo’lgan pnevmochanglatgichi 10 bor. Qorishma yo’lidagi transportirovka kilinayotgan qorishmaning bosimini kamaytirish uchun klapan kamerasi 15 va qorishma o’tkazgich o’rtasida qisilgan havodan ta’minlanuvchi havo qalpog’i 14 joylashgan. Qorishma nasosining qabul bunkerida qorishma o’tkazgichdagi qorishmani cho’kib yoki tiqilib qolishining oldini olish uchun qo’zg’atgichlar o’rnatilgan. Qabul qilish bunkerida yuklashni yyengillashtirish uchun agregatda bir vaqtda ham qorishma tayyorlovchi va ham qorishma qo’zg’atuvchi otvalli yuklash qurilmalari o’rnatilgan. Agregatda suvoq ishlarini bajarayotgan joydan qorishma nasosini to’xtatish uchun uzoqdan pnevmatik boshqarish pulti bor. Reduktorning kirish valida qorishma nasosi o’tkazgichlarining tiqilib qolish va zichlanishdan saqlash uchun chekli momentli qo’lachokli mufta 16 (12.22– rasm, b) o’rnatilgan. U qorishma yulidagi bosim 3,5 MPa ga yetganida ishlaydigan qilib sozlangan. —rasm. Suvoq agregatiDownload 233.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling