Parhez stollari Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib,15 ta parhez stoliga bo’linadi: Parhez stol No 1
Download 16.83 Kb.
|
Parhez stollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parhez stol No_8 Semizlik kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar,yog’siz go’sht,sabzavot va mevalar. Parhez stol No_9
Parhez stollari Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi.Ular parhez stollari bilan belgilanib,15 ta parhez stoliga bo’linadi: Parhez stol No_1 Qaytalanuvchi me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi,qaytalanuvchi surunkali gastrit,o’tkir gastritning 1-2-kunida qo’llaniladi. Shuningdek yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut,70-80 gramm yog’,qaynatilgan 2 dona tuxum,sutli manniy bo’tqa,meva sharbatlari,quritilgan oq non,tvorog,qaynatilgan go’sht va baliq. Parhez stol No_2 Surunkali gipoatsid gastrit,surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: yog’siz go’sht,kotlet,baliq,tiftel,meva va sabzavotlar,oq non,pechenye ,sariyog’,tuxum, qatiq,limon. Parhez stol No_3 Surunkali qabziyat (ich qotishi) da qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Qora non,sariyog’,o’simlik yog’i,meva va sabzavotlar,yog’li va go’shtli ovqatlar,grechkali bo’tqa,kefir. Parhez stol No_4 Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi:Quritilgan oq non,sariyog’,guruchli va manniy bo’tqa,go’shtli,baliqli va tovuq go’shtli ovqatlar,limon choy. Parhez stol No_5 Jigar va o’t yo’llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Biroz qotgan oq yoki qora non,grechkali va sabzavotli bo’tqalar,sariyog’,tvorog,kefir,qaynatilgan go’sht,baliq,dimlangan kotlet ,quruq pechenye. Parhez stol No_6 Podagra kasalligida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non,grechkali va sabzavotli bo’tqa,sariyog’,qaynatilgan go’sht,baliq. Parhez stol No_7 Nefrit,piyelonefrit,sistit,uretrit kasalliklarining o’tkir va surunkali,hamda sog’ayish davrida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq,tuzsiz non qaynatilgan go’sht,baliq,sabzavot va mevalar,cheklangan miqdorda tuxum,sog’ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo’shib beriladi. Parhez stol No_8 Semizlik kasalligida tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar,yog’siz go’sht,sabzavot va mevalar. Parhez stol No_9 Qandli diabet kasalligida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: tuxum,pishloq,ko’katlar,shirin bo’lmagan mevalar. Parhez stol No_10 Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi. Ovqat tarkibi: Sut mahsulotlari,oq va qora non,qaynatilgan yog’siz go’shtli,baliqli sho’rvalar,sabzavot va mevalar. Parhez stol No_11 Tuberkulyoz (Sil),kamqonlik va boshqa qon kasalliklarida buyuriladi. Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali taomlar(tuxum,go’sht,baliq).Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko’paytiriladi. Parhez stol No_12 Nerv tizimi kasalliklarida qo’llaniladi. Ovqat tarkibi: Turli tuman mahsulotlar,lekin achchiq,sho’r,nordon mahsulotlar cheklanadi.Kofe berilmaydi. Parhez stol No_13 O’tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: Ko’p miqdorda suyuqliklar,mineral suv,sharbatlar,qaynatilgan sho’rva,tvorog,tuxum sarig’i. Parhez stol No_14 Siydik- tosh kasalligida buyuriladi. Ovqat tarkibi: A)siydikda fosfor cho’kmasi bo’lganda un va go’shtli mahsulotlar miqdori cheklanib,ko’proq loviya va no’hat mahsulotlari buyuriladi.B)siydikda oksalat cho’kmalari bo’lganda bemorga loviya va no’hat mahsulotlari berilmaydi chunki bularning tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma,nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo’lgan mahsulotlar beriladi. Parhez stol No_15 Sog’lom va kasallikdan sog’aygan bemorlar uchun tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: turli tuman mahsulotlar. Download 16.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling