Parmalash dastgoh uchun ish tartibini belgilash. Ishdan maqsad


-rasm. Parmalar va ularning asosiy elementlari


Download 283.45 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi283.45 Kb.
#1757380
1   2   3   4
Bog'liq
6-lab AU

44-rasm. Parmalar va ularning asosiy elementlari.
Surish s- parma bir marta to‘la aylanganda o‘z o‘qi bo‘ylab siljishi, mm/ayl hisobida. Parma bir vaqtning o‘zida ikkita kesuvchi qirrasi bilan ishlaganligi uchun har bir kesuvchi qirrasiga to‘g‘ri keladigan surish qiymati bo‘ladi:
mm/ayl.
Kesib olinadigan qatlam qalinligi (a)-parma bir marta to‘la aylanganda shu parma kesuvchi qirrasining ketma–ket keladigan ikki vaziyati orasidagi eng kichik masofa. Kesikning qalinligi parmaning kesuvchi qirrasiga perpendikulyar yo‘nalishda o‘lchanadi. YOn uchburchakdan kesim qalinligi bitta kesuvchi qirraga nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
mm
Kesib olinadigan qatlamning eni (b) parmaning asosiy kesuvchi qirrasi uzunligiga barabar. YOn uchburchakdan kesimning eni parmaning bitta kesuvchi qirrasiga nisbatan (teshik parmalashda) quyidagicha aniqlanadi:
mm,
Teshikni parmalab kengaytirishda esa kesimning eni quyidagicha bo‘ladi:
mm.
Teshik parmalashda kesib olinadigan qatlam ko‘ndalang kesimining ikkala kesuvchi qirraga to‘g‘ri keladigan yuzi kesish chuqurligi bilan surish qiymati ko‘paytmasiga teng:
mm2,
Teshikni parmalab kengaytirishda esa quyidagicha bo‘ladi:
mm2
Binobarin, teshik parmalashda kesib olinadigan qatlam ko‘ndalang kesimining bitta kesuvchi qirraga to‘g‘ri keladigan yuzi quyidagicha topiladi:
mm2
Teshikni parmalab kengaytirishda esa bunday bo‘ladi:
mm2
Kesish tezligi-kesuvchi qirraning parma o‘qidan eng uzoqdagi nuqtasining aylana tezligi; u quyidagicha topiladi:
m/min,
Bu erda D-parmaning sirtqi diametri, mm hisobida; n-parmaning minutiga aylanishlar soni.
Teshik parmalashda va teshikni parmalab kengaytirishda asosiy texnologik vaqt quyidagi formuladan topiladi:
min,
Bu erda -parmaning surish yo‘nalishidagi o‘tishning hisoblash uzunligi, mm hisobida; s-surish qiymati, mm/ayl hisobida; n-parmaning minutiga aylanishlar soni.
Parma o‘tishining hisoblash uzunligi quyidagi qiymatlar yig‘indisidan iborat

Bu erda L-parmalash chuqurligi mm hisobida parmaning o‘tib ketish oralig‘i (1dan 3 mm gacha), -parmaning kesib kirish botish qiymati mm hisobida.

Download 283.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling