Parmalash dastgoh uchun ish tartibini belgilash. Ishdan maqsad


Parmalash dastgohlarida ishlash vaqtida rioya qilinadigan havfsizlik texnikasi qoidalari


Download 283.45 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi283.45 Kb.
#1757380
1   2   3   4
Bog'liq
6-lab AU

Parmalash dastgohlarida ishlash vaqtida rioya qilinadigan havfsizlik texnikasi qoidalari.
1. Barcha paramalanadigan detallar dastgohning stoliga tiski, konduktor va boshqa moslamalar yordamida puxta o‘rnatilishi kerak.
2. Paramalanadigan detallarni bevosita qo‘lda tutib turib ishlashga ruhsat etilmaydi.
3. Parmalash vaqtida hosil bo‘lgan qirindini tozalashga ruhsat etilmaydi. Tozalash faqat parma detaldan chiqarilib dastgoh to‘xtatilgandan so‘ngra bajariladi.
4. Parmalanadigan detallar almashtiriladigan hollarda parma ko‘tarib qo‘yiladi.
5. Parmalash vaqtida gavdani ortiqcha buklamaslik, boshni shpindel va patronga yaqinlashtirmaslik kerak. Aks holda ro‘mol yoki sochni o‘rab ketishi mumkin.
6. Teshik parmalashda detalni teshishda parmaga ortiqcha bosim bermaslik kerak.
7. Cho‘yan va bronza kabi mo‘rt metallarni parmalashda ko‘zni ehtiyot qilish kerak.
8. Ish vaqtida tasma, shpindel yoki patronni tutib dastgohni to‘xtatishga ruhsat etilmaydi.
Ishni bajarish tartibi.
Dastlab ishning maqsadi bilan tanishib chiqiladi. So‘ngra plakatdan parmalash dastgohining tuzilishi va qismlari ko‘zdan kechiriladi. SHundan keyin parma turlari, dastgohning o‘zidan uning qismlari, dastgohga parma o‘rnatish usullari o‘rganiladi. Dastgohni boshqarish elementlari bilan tanishib chiqiladi va turli xil parmalarda parmalash ishlari havfsizlik texnikasiga rioya qilingan holda bajariladi.


Ish haqida hisobot.
O‘tkazilgan ishlar haqida hisobot yozilib dastgoh chiziladi va parma turlari sxemasi ham hisobotda ko‘rsatilishi lozim.


Nazorat savollari:

  1. Parmalash nima.

  2. Pamalashda asosan qanday jarayonlar bajariladi.

  3. Parmalash turlari.

Download 283.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling