Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish


Download 1.09 Mb.
bet1/12
Sana10.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1765073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12





1-MA’RUZA
PARMALASH, ZENKERLASH VA RAZVERKALASH
ISHLOV BERISH




1-MA’RUZA
PARMALASH, ZENKERLASH VA RAZVERKALASH ISHLOV BERISH
Ma’ruza rejasi
1.Parmalash, zenkerlash va razvertkalash ishlov berish sxemalari. (Qo’llaniladigan dastgohlar. Moslama va kesuvchi asboblar. Usullarning kesish tartiblarini hisoblash. Ishlov berish usullarning texnologik tasniflari. Ishlov berishni protyajkalash usuli. Ishlov berish sxemasi va ularni turlari (profilli, generatorli va progressiv ishlar).)
Tayanch so’z va iboralar:, parmalash, zenkerlash, razvertkalash, protyajkalash.
Teshiklarga ishlov berish, parmalash. Dastgohlarda teshiklarga ishlov berish guruxiga ishlov berishning quyidagi asosiy turlari kiradi:
- yaxlit metalni teshib parmalash (1 a rasm);
- mavjud teshikni parmalab kengaytirish (1 b-rasm)

  • parmalangan yoki quymada olingan teshikni zenkerlash (1 v-rasm);

  • oldindan ishlov berilgan teshikni razvertkalash (1 g,d-rasm);

  • teshik yonlarini tsekovkalash (1 e-rasm).

  • Teshiklarni zenkovkalash (1 j,z-rasm)




1-rasm. Teshiklarga ishlov berish sxemalari.

Teshiklarga ishlov berish uchun metall qirquvchi dastgohlar sifatida turli xil, asosan vertikal-parmalash va radial- parmalash dastgohlaridan turli xil mo’ljaldagi sonli dasturli boshqariladigan dastgohlardan foydalanish mumkin.


Teshiklararo ishlov berishda parmaning turli konstruksiyalar - spiralli, markazlovchi, chuqur teshiklar uchun, xalqali aralash, zenker, razvertka va boshqalar ishlatiladi, ularning ba’zilari namuna sifatida 2-rasm keltirilgan.




2-rasm. Teshiklarga ishlov beruvch asboblar sxemalari.
Parmalash dastgohida tayyorlamalarni dastgoh stoliga o’rnatish va mahkamlash uchun turli moslamalardan foydalaniladi (3-rasm)

3-rasm. Parmalash dastgohi moslamalari.
Tayyorlamalar siquvchi plashkalar (3-rasm) yordamida mahkamlanadi, burchak ostida joylashgan teshiklarga ishlov berishda oddiy va universal burchaklar ishlatiladi (3 b, v-rasm) Silindrsimon tayyorlamalarda teshik ochish uchun ular prizmaga o’rnatiladi. (3 g-rasm) Ayniqsa katta partiyadagi detallar teshiklariga ishlov berishda maxsus moslamalar - konduktorlar keng ishlatiladi, ularda tayyorlama 1ga nisbatan kesuvchi asbobni to’g’ri yo’naltirish uchun vtulkalar 2 o’rnatilgan bo’ladi.
Parmalash. Parmalash teshiklarni kesib ishlov berish usullarining eng ko’p tarqalgani hisoblanadi.
Bu yerda asosiy harakat-aylanma, surish harakati-ilgarilanma. Parmalash dastgohlaridan ushbu ikkala xarakatni parma oladi, tayyorlama qo’zg’almas qilib maxkamlanadi. Tokarlik dastgohlarida parmalashda patronga maxkamlangan tayyorlama aylanma xarakatda bo’ladi, orqa babka pinoliga maxkamlangan parma ilgarilanma xarakatlanib suriladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ishlov berishning ikkinchi sxemasida katta aniqlikka erishish mumkin, shuning uchun ham chuqur teshiklarni narmalashda parma faqat ilgarilanma xarakatga ega bo’lib, tayyorlamaga aylanma xarakat beriladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling