Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish


Download 1.09 Mb.
bet7/12
Sana10.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1765073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Razvertkalash. Yana ham aniqroq teshiklarni, tozaroq yuzalarini olish uchun razvertkalash jarayoni qo’llaniladi va u razvertka deb nomlangan asbob yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayonda parmalash va zenkerlash kabi ikkita xarakat nisbati amalga oshiriladi: birinchisi razvertka yoki tayyorlamaning aylanma asosiy kesish xarakati va ikkinchisi-razvertkani ilgarilanma surish xarakati.
Razvertkalash ham parmalash va zenkerlash amalga oshirilgan dastgohda bajariladi. Va teshikka ishlov berishni yakuniysi hisoblanadi. Qo’llash usuli bo’yicha razvertkalar quyidagilarga bo’linadi. Mashinali dastgohlarda qo’llanadigan dastaki (chilangarli), qo’lda ishlatiladigan hamda. qotirilish konstruktsiyasi bo’yicha dumli va biriktiriladiganlar va hokazolar. Razvertkalar R18, 9XS (dastaki) va T15K6, VK8 va VK4 kabi qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.
Razvertka konstruktsiyasining axamiyati. Razvertkani zenkyerdan asosiy farqi – razvertka juda kichik qatlamni kesadi va u 6 dan 12 gacha tishlar soniga ega (19.13-rasm)

A- yo’naltiruvchi konus (teshikka kirishni qulaylashtirish uchun )


V – kesuvchi qismi, u asosiy kesish ishlarini bajaradi.
B – kalibrlash qismi, razvertkani yo’naltirish uchun xizmat qiladi.
Ye- teskari konus – ishqalanishni kamaytirish uchun qilinadi. U 100mm uzunlikka 0,04 -0,08 mm. konuslikka ega .
Oldingi burchak bo’lgani uchun juda yupqa qirindi olinadi. Orqa burchak 6—150.
Kesish tartibi elementlari. Razvertkalashda kesish tartibi elementlari zenkerlarshdagi kabi bo’ladi. Razvertkalashda qirindi qalinligi “a” juda kam (0,02 -0,05 mm) (19.14- rasm).

“a” “a” ni qiymati qirg’oqni aylanish radiusidan ancha kichik bo’ladi va shuning uchun ham bu sharoitda kesiluvchi qatlamda katta deformatsiya, tishlarning orqa yuzasi bo’yicha katta ishqalanish va uning jadal yeyilishi yuzaga keladi.


Ayrim holda teshiklarni diametri kichik bo’lishi mumkin. Kesish chuqurligi “t” ishlov berish quyimi bilan aniqlanadi, toza razvertkalashda xar tomonga 0,05 – 0,25 mm qabul qilinadi.
Razvertkalashda o’q bo’ylab yo’nalgan kuch va moment kichik bo’lgani uchun hisoblamasa ham bo’ladi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling