5-mavzu: Kesish asboblari


Download 147.44 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi147.44 Kb.
#1154223
Bog'liq
5-mavzu


5-mavzu: Kesish asboblari

Chilangarliqda qo’llaniladigan kesuvchi asboblardan biri — zubilo o’rta zarba oluvchi uchta qismdan iborat bo’lib, po’lat (U7, U8A, 7XF, 8XF)dan tayyorlanadi (58-rasm, a). Ishchi qismi (2) — ponasimon kesuvchi chiviqning tig’i (1) ma’lum burchak ostida o’tkirlangan. Zarba oluvchi qismi (4) yuqoriga borgan sayin ingichkalash-gan, uchi qalpoq shaklida. Metallni kesishda zubiloning o’rta qismidan (3) ushlanadi.


Z ubiloning o’tkirlik burchagi ishlov beriladigan metallning qattiqligiga bog’liq holda tanlanadi. Ayrim metallarni kesishda tavsiya etiladigan o’tkirlik burchaklari|quyidagicha; ketgiq materiallar (qattiq po’lat, bronza, cho’yan) —70°; o’rta qattiqlikdagi materiallar (po’lat) — 60°; yumshoq materiallar (jez, mis, titanli qotishma) — 45°;alyumin qotishmasi — 35°.
Zubilolar 100, 125, 160, 200 mm uzunliqda, ishchi qismining eni 5, 10, 16 va 20 mm o’lchamlarda yasaladi. Ishchi qismining 0,3— 0,5 mm uzunlikdagi bo’lagi (tig’i) toblanadi, Termik ishlovdan keyin zubilo kesuvchi qirrasining qattiqshigi NQ.Sa 53—59, zarb oluvchi kallakniki NKSa 35—43 bo’lishi kerak. Zubiloni mustahkamlik va turg’unlikka sinash uchun St-6 rusumli po’lat plastinani (qalinli-gi 3 mm, eni 50 mm) giraga qisib, ustki qismi kesiladi. Sinovdan keyin zubiloning tig’i o’z holida qolishi kerak.
Zubiloning toblanganlik darajasini eski egov bilan ham aniklash mumkin. Toblangan k?yu-mi egovlanganda zubilodan qirindi chiqmasa, demak toblash yaxshi bajarilgan.
Kresmeysel zubilodan o’zining kambar eni bilan farqlaradi (58-rasm, b). U bilan zagotov-kada shponka ariqchalari hoyeil kdlinadi, keng taxta sirtlaridan q^tlamlar kesiladi. Kreys-meysellar zubilo tayyorlanadigan materiallar-dan yasaladi. Har ikki asbobning o’tkirlik burchaklari va zarba oluvchi ishchi qismlarining mustahkamlik darajalari bir xildir.
Zagotovkalarga fim aylana (segment) va shunga o’xshash arikralar o’yishda maxsus kreysmeysellardai foydalaniladi (58-rasm, v). Ular oddiylaridan kesuvchi qismining shaqli bilan farqlanadi. Ariqcha o’yish kreysmeysellari U8A po’latdan yasalib, ularning uzunligi 80, 100, 120, 150, 200, 300 va 350 mm, yumaloklanish radiusi 1; 1,5; 2; 2,5 va 3 mm bo’ladi.
Asbobni dastgohsa o’tkirlash. Zubilo va kreysmeysellar charxlash dastgohiarida o’tkir-
lanadi (59-rasm, a). Buning uchun dastgohning ko’zg’aluvchi tomoniga asbobni qo’yib toshga sekin-asta tekkizib, goh u tomonini, goh bu tomonini ag’darib charxlanadi. Dasggohning toshiga asbobni qattiq bosmaslik lozim, aks holda asbobning kesuvchi tig’i qattiqlik xossasini yo’qotishi mumkin.
Asbobni charxlashdan avval tokchani aylanayotgan toshga mumkin qadar ko’proq yaqinlashtiriladi (59-rasm, b). Tosh bilan tokcha orasidaga tirqish 2—3 mm. dan oshmasligi kerak(59-rasm, v).
A gar asbob suv bilak sovutib charxlanmasa«kuyib» qolishi, nat1bkada, uning mustahkam-
ligiga putur yetishi mumkin. Charxlangan zubiloning yon tomoni tekis, eni bor bo’yicha bir
x il qiyalikda bo’lishi kerak.Asbobning charxlanish burchagini tekshnrish. Zubiloni charxla'gandan keyin tig’ini qirovlardan tozalash lozim. O’tkirlash burchagi burchak tirqshshyuridan tashkil topgan maxsus andozalar bilan tekshiriladi. 60-rasmda andoza ko’rsatilgan bo’lib, uning burchaklari 70,60, 45 va 35° dir.61-rasmda har xil asboblarning kesuvchi elementlarini (zubilo, kreysmeysel va b.) o’lchash imkoniyatani beruvchi moslama (a) ko’rsatilgan bo’lib, u 10°—140° gacha-o’lchay oladi.
O’rtacha qatgaklikdagi metall uchun zubiloning charxlash burchagini o’lchash usuli ham 61-rasmda (b) ko’rsatilgan.
Chilangarlik bolgasi udar-nik va dastadan iborat. U kvad-rat, yumaloq muhrali xillar-ga bo’linadi (62-rasm, a, 6).

Y umaloq muhrali chilangarlik bolg’asini 6 raqamda tayyorlanadi. 1 raqamli bolg’a (200 gr) asbobsozliK ishlari va rejalashda, 2, 3, 4 rakemli balgalar esa chilangarlik ishlarini bajarishda ishlagaladi, 5 (800 gr) va 6 (1000 gr) raqamlilaridan kamroq foydalaniladi.
Kvadrat muhrali chilangarlik bolg’alarining 8 xili bor. Bular-dan 1 (50 gr), 2 (100 gr), 3 raqamli (200 gr) si chilangarlik asbob-sozlik ishlarida; 4 (400 gr), 5 (500 gr) va 6 raqamli (600 gr) si keyeish, bukish, parchalash ishlarida; 7 (800 gr) va 8 raqamli (1000 gr)si kamdan-kam qo’llaniladi. Og’ir ishlar uchun 4—16 kg og’irlik-dagi (kuvalda) bolg’alardan foydalaniladi.
Bolg’a 50 va 40X rusumli hamda U7, U8 uglerodli po’latdan yasala-di. Bolg’aning o’rtasida oval shaklida^i ochiq teshik bo’lib, u dastani mahkamlash uchun xizmat kdpsadi. Bolg’a dastasi yogochning qatgiq navla-rvdan tayyorlanadi. Dasta muhraga poia qoqib o’rnatiladi. Ponaning kambar qismi 0,8—1,5 mm, serbar qismi esa 2,5—6 mm o’lchamda bo’la-di. Bshg’a dastasi muhraga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilishi kerak. Bulardan tashqari texnikada, masalan, yig’ish ishlarida'«yum shoq» bolg’alardan foydalaniladi (63-rasm, a). Ular bilan ishlaganda materiallarning sirti shikastlanmaydi. Ayrim hollarda, masa-lan, yupqa po’latdan buyumlar tayyorlashda yog’och bolg’alar keng qo’lla-niladi. Chilangarlikda bunday bolg’alarni kiyanki (to’qmoq) deb ay-tiladi (63-rasm, b).


Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003.
2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999.
3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: VO’sshaya shkola, 1989.
4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983.
5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998.
6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983.
7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982.
Download 147.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling