Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Maxsus tekshirish usullari. Parodont patologiyasi bo‘lgan bemorni tekshirishda 
rentgenologik tekshirish usuli majburiy hisoblanadi. Bu usul jag‘lar alveolyar o‘simtalarining 
suyak to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlarni namoyon bo‘lish darajasi hamda ushbu 
o‘zgarishlarning xarakterini aniqlash imkoni beradi. Qator kamchiliklariga qaramay, og‘iz ichi 
rentgenografiyasi parodont patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirishning eng ko‘p tarqalgan 
usuli bo‘lib qolmoqda. Parodontning holati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun barcha 
tishlovning rentgen suratlarini amalga oshirish zarur bo‘ladi (5 – 6 suratlar – ikkala jag‘ning 
frontal, premolyar va molyar tishlari). 
Rentgenografiya usullari ichida panoram rentgenografiya va ortopantomografiyalar eng 
yaxshi usullardan hisoblanadi. 
Osteometriya – pastki jag‘ suyak to‘qimasi zichligini ultratovushning o‘tish vaqti 
asosida tekshirish.
Ultratovush tarqalishining fizik xususiyatlari suyak to‘qimasining zichligidan 
ultratovushning o‘tish tezligiga bog‘liqligi bilan tavsiflanadi: zichlik qanchalik katta bo‘lsa, 
ultratovushning o‘tish tezligi shuncha kam bo‘ladi. 
Biopsiya materiallarini morfologik tekshirish (milk bioptatlari, parodontal 
cho‘ntaklarning tarkibi) eozinofil granulema, kollagenozlar, parodontning idiopatik shikastlanish 
shakllari kabi kasalliklarda yanada aniqroq tashxis qo‘yish uchun qimmatli ma’lumotlarni beradi. 
Morfologik tekshiruvlar asosiy tashxis qo‘yish usullaridan hisoblanadi.
 
Parodontning etiologiyasi, patogenezi, klinik manzarasi va davolash.
Parodont yallig‘lanishining asosiy etiologik omili bu mikrob omilidir. Milk oldi sohasida 
to‘planuvchi mikroblar tomonidan ajraluvchi kislotalar, fermentlar va toksinlar ma’lum vaqt 
davomida so‘lakning himoyaviy hujayra va zardob komponentlari hamda milk suyuqligi ta’sirida 
neytrallanib turiladi. Mikrobli karashlarning ko‘payishi, ularning yuzasini minerallashuvi va 
so‘lak tarkibidan noorganik tuzlarning tushib qolishi oqibatida faol mikrob qatlamining ust 


tomoni tishning qattiq karashlari bilan ishonchli ravishda so‘lakning ta’siridan himoyalanadi. 
Uning tarkibida parodontopatogen sifatida baholanib, atrofdagi to‘qimalarga agressiv toksik 
ta’sir etuvchi mikroorganizmlar ham paydo bo‘ladi va intensiv ravishda ko‘payadi. Ularning 
shikastlantiruvchi imkoniyatlari himoyaviy to‘kima mexanizmlari, qonning hujayra va zardob 
komponentlari ustidan enga boshlashi bilan, klinik tomondan aniqlanuvchi yallig‘lanish 
reaksiyasi paydo bo‘ladi.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling