Parranda grippi sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish
PARRANDA GRIPPINING ALOMATLARI VA BELGILARI
Download 1.39 Mb.
|
PARRANDA GRIPPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- PARRANDA GRIPPINI TASHXISLASH VA DAVOLASH
PARRANDA GRIPPINING ALOMATLARI VA BELGILARI
Biror kishi parranda grippi virusi bilan zararlangan bo’lsa, inkubatsiya davri 2-3 kun (kamdan kam 2 hafta) davom etadi. Qush grippining klinik ko’rinishlari bosqichida infektsion-toksik, oshqozon-ichak tizimi va nafas yo’llari sindromlari rivojlanadi. Yuqumli kasallikning namoyon bo’lishi — yuqori tana harorati (38-40 °C gacha), talvasali varaja qilish, mushaklar va bosh og’rig’idir. To’mov, konyunktivit, faringit, burun va milklardan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Kasallik taxminan yarim holatlarida qorin og’rig’i, takroriy qusishlar va suvli diareyaga olib keladi. Bemorlarning uchdan birida buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. Parranda grippining namoyon bo’lishidan 2-3 kun o’tgach respirator sindrom qo’shiladi. Interstitsial virusli pnevmoniya rivojlanadi va shaffof balg’am ajralishi, qon yo’talish, nafas qisilishi, taxipnoe, sianoz bilan birga kechadi. O’pka ichidagi yallig’lanishning tez rivojlanishi o’tkir respirator distress sindromining rivojlanishiga olib keladi. Yordam ko’rsatilmaganda parranda grippi bilan og’rigan bemorlarning o’limi odatda kasallikning ikkinchi haftasida yuz beradi va ko’pincha o’pka shishi, o’tkir respirator yetishmovchilik, poliorgan yetishmovchiligi yoki ikkilamchi bakterial va zamburug’li infektsiyalar qo’shilishi sababli yuzaga keladi. Parranda grippi ayniqsa bolalikda og’ir kechadi. Bolalardagi kasallikning o’ziga xosligi meningoensefalitning rivojlanishi bilan ifodalanadi, bu kuchli bosh og’rig’i, qayt qilish, ongning buzilishi bilan namoyon bo’ladi. PARRANDA GRIPPINI TASHXISLASH VA DAVOLASH Kasallikning dastlabki davrida parranda grippining belgilari normal mavsumiy grippga o’xshaydi, bu esa tashxisni murakkablashtiradi. Bundan tashqari, parranda grippini paragripp, adenovirus, rinovirus, respirator sinditsial infektsiyadan farqlash talab etiladi. Parranda grippini tashxislashning asosiy mezonlari mintaqada epidemiyaning mavjudligi, kasallangan parranda bilan aloqa bo’lganligi, yuqori isitma, ich ketishi, progressiv pnevmoniyaning kuzatilishidir. Ko’krak qafasi rentgenografiyasida kasallikning erta davrlaridayoq o’pka to’qimasida birlashishi va tez tarqalishi mumkin bo’lgan ko’plab yallig’lanish infiltratlari aniqlanadi. Parranda grippini tasdiqlash immunologik (IFA), molekulyar-genetik (PZR), virusologik usullar bilan amalga oshiriladi. Parranda grippi shubha qilingan yoki aniqlangan bemorlar infektsion statsionarlarga yotqiziladi. Virus replikatsiyani kamaytiradigan va omon qolish istiqbollarini yaxshilaydigan antivirus preparatlar yordamida kasallikni etiotrop usulda davolash amalga oshiriladi. Ularning orasida eng samaralilari Oseltamivir, Zanamivir, Rimantadin va Ufifenovir sananladi. Yuqori isitmada isitma tushiruvchi preparatlar (paratsetamol, ibuprofen) beriladi. Parranda grippini davolashda asetilsalitsil kislotasi (Aspirin) va metamizol natriyni qo’llash qat’iy ravishda taqiqlanadi. Bakterial asoratlar rivojlanganda antibakterial preparatlar beriladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling