Reja Yuqumli kasalliklar
Download 31 Kb.
|
13 мавзу тиббий билим
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqumli kasalliklar.
- Esda tuting!
13-Ma’ruza. Epidemik o’choqlar tarifi. Tabiiy ofat va halokatlar hududida epidemiyaning kelib chiqish sharoitlari. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyenik choralarni tashkil qilish. Reja Yuqumli kasalliklar Kassaliklarni yukush mexanizmlari Xavfli kasalliklarni belgilari ularni oldini olish Yuqumli kasalliklar. Odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar atrof muhit biologik omillari (kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va mikroblar) ta'sirida kelib chiqadi va kasallik odamdan sog‘lom odamga yuqishi bilan harakterlanadi. Yuqumli kasalliklarni davolashning qiyinligi o‘lim va nogironlikka, ko‘p hollarda aholi o‘rtasida tez tarqalishi bilan harakterlanadi (epidemiya). Quyidagi yuqumli kasalliklar keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchilarning spetsifik xususiyatidir. -Kasal odamdan sog‘lom odamga yuqib kasallik keng tarqaladi; -yashirin inkubatsion davrning mavjudligi; -tashqi muhitda topishning qiyinligi, og‘ir va uzoq muddat davom etadigan kasallikka diagnoz qo‘yish jarayoni; Ayrim qo‘zg‘atuvchilarning oziq-ovqat, suv, tuproq, har xil buyumlar va kiyimlar, shuningdek ayrim jonivorlar organizmida uzoq muddat saqlanishi. Inson qaysidir virusni yengsa, o‘rniga boshqasi yanada xavfliroq paydo bo‘lmoqda. Masalan; spid virusi 20-30 yil ichida yer shari aholisining yarmini qirib yuborishi mumkin. Epidemiya – bu ma'lum bir hududda ma'lum bir kasallikning odatdagidan ko‘ra ko‘p uchrab, odamlarning og‘ir kasallanishi, kasallanishning tez o‘sib borishi va favqulodda vaziyatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatga aytiladi. Esda tuting! Epidemiyalar odatda birlamchi epidemiya o‘chog‘idan tarqaladi, bu o‘choq esa ko‘pincha kasallangan odam bo‘lishi mumkin. Kasalliklarning keng tarqalib, bir necha davlatlar yoki yer sharini qoplab olishi pandemiya deyiladi. Zararlangan odam yoki hayvondan patogen mikroorganizmlar sog‘lom odamlarga o‘tsa bunday hayvonlar yoki odamlar kasallik manbai deb ataladi. Sog‘lom odam va kasal odam o‘rtasidagi munosabat ikkita zanjir asosida rivojlanadi. Kasal odam – qo‘zgatuvchi – sog‘lom odam. Kasallik tashuvchi – qo‘zgatuvchi – sog‘lom odam. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling