Reja Yuqumli kasalliklar


Bakteriya tashuvchilik (virus tashuvchilik) -


Download 31 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi31 Kb.
#1818147
1   2   3   4   5
Bog'liq
13 мавзу тиббий билим

Bakteriya tashuvchilik (virus tashuvchilik) - qorin tifi, dezinteriya, skarlatina, difteriya, meningit, polimelit kabi kasalliklardan so‘ng klinik tuzalish davrida ham bemorlarni kasallik tarqatishiga aytiladi.
Beriluvchanlik – bu odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning infeksion jarayon rivojlanishi vaqtida patogen mikroorganizmlarning hayot faoliyati, ko‘payishi va ta'siri ostida kelib chiqadigan kompleks moslashuv reaksiyalaridir.

Beriluvchanlik darajasi organizmning individual reaktivligiga, nospetsifik, spetsifik omillariga va immunitet xususiyatlariga bog‘liq. Berilish mexanizmi deganda evolyusiya davomida kelib chiqqan, mikrobning kasal odamdan sog‘lom odamga berilish mexanizmi tushuniladi.
Qo‘zg‘atuvchini berilish mexanizmi quyidagilardan iborat: Qo‘zg‘atuvchining zararlangan organizmdan chiqarilishi, qo‘zg‘atuvchini bir necha vaqt tashki muhitda bo‘lishi va uni sog‘lom odam yoki hayvon organizmiga kirishi.
Infeksiya berilishini 6 ta asosiy mexanizmini ko‘rib chiqamiz:
Kassaliklarni yukush mexanizmlari
1.Alimentar mexanizmi (oziq-ovqat orkali) – har qanday ovqat (yaxshi yuvilmagan meva sabzavotlar, eskirgan go‘sht yoki sut mahsulotlari) orqali ichak infeksiyalari: qorin tifi, vabo, dizentiriya, brutsellyoz, botkin kasalligi, kuydirgi va boshqalar yuqishi mumkin. Qonserva, kolbasa, dudlangan baliq kabi mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi buzilganda, ayniqsa uy sharoitida, botulizm qo‘zg‘atuvchisi juda tez ko‘payadi va o‘zidan zahar ya'ni toksin ishlab chiqaradi.
2.Suv mexanizmi – suv ta'minotida qoida va normalar buzilganida, qaynatilmagan suv ichilganda, hatto sanitar jihatidan noxush bo‘lgan suv havzalarida cho‘milganda ham kasallik yuqishi mumkin. Bu vaqtda vabo, qorin tifi, brutsellyoz, tulyarimiya va boshqa kasalliklar yuqishi mumkin.
3.Havo tomchi mexanizmi – yo‘talganda, aksirganda va hatto yaqin masofadan gaplashilganda ham ayniqsa o‘pishganda bemordan gripp, o‘pka sili, miningit, qizamiq, bo‘g‘ma, chechak kabi kasalliklari yuqishi mumkin.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling