Parrandalarini yetishtirish


Download 49.74 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi49.74 Kb.
#1250486
1   2   3   4
Bog'liq
Parrandachilik

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. “O‘zeltexsanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda parranda mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlar ishlab chiqarishni 2022-yil yakuniga qadar mahalliylashtirish choralarini ko‘rsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
“Parrandasanoat” uyushmasi parranda mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni mahalliylashtirish maqsadida ularning ro‘yxatini zarur ehtiyoj bilan shakllantirsin hamda “O‘zeltexsanoat” AKga taqdim etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada parranda mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bosqichlari uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlariga asosan xorijiy investorlarni jalb etsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘z ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qo‘shimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1003, 1005, 1201, 1206, 1507, 1512, 2302, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yo‘l orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi temir yo‘llari tarif siyosatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirma berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AK parrandachilik xo‘jaliklariga talab qilinadigan don mahsulotlarining har oyda birja savdolariga qo‘yib borilishini ta’minlasin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasidagi savdolarda parrandachilik xo‘jaliklariga don mahsulotlari savdosida qatnashish “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan soliq hamda veterinariya hisobotlarida aks etgan parranda bosh sonidan kelib chiqib va belgilangan tartibda don mahsulotlari bo‘yicha tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq tuziladigan ro‘yxat asosida parrandachilik xo‘jaliklari ishtirok etishi hamda ushbu ro‘yxat doimiy ravishda “Parrandasanoat” uyushmasining veb-saytida joylashtirib borilishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatdagi parranda bosh soni, don mahsulotlari bo‘yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya etilganligini tizimli monitoring qiladi, shuningdek don mahsulotlari savdosida parrandachilik xo‘jaliklarining qatnashishi yoki qatnashmasligi yuzasidan “Parrandasanoat” uyushmasiga har oyda ma’lumot taqdim etadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
15. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK respublikaga xorijdan olib kiriladigan barcha turdagi naslli parrandalarning 1 kunlik jo‘jalarini, parranda ozuqa va ozuqa qo‘shimchalarini uzluksiz tashish maqsadida “Parrandasanoat” uyushmasi va parrandachilik xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatsin.
16. 2021-yil 1-noyabrga qadar muddatda:
naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parranda yetishtirishni tashkil etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya sexlarini tashkil etish, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta ta’mirlash, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va boshqa asosiy vositalar;

Download 49.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling