Parrandalarini yetishtirish
Download 49.74 Kb.
|
Parrandachilik
Parrandachilik — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachilikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan olinadi. Goʻsht yetishtirish uchun goʻsht beradigan tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz, sesarka, goʻsht kaptarlar koʻpaytiriladi. Parranda goʻshti yetishtirishning asosiy manbai — broylerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va goʻsht olinadi. Parrandachilik bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hindistoda paydo boʻlgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. XVIII — XIX asrlarda Yevropa, Osiyo va Amerikada uy parrandalarining koʻpdan-koʻp zotlari yaratildi. Oʻzbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada Parrandachilikning qishloq xoʻjaligi tarmogʻi tarzida rivojlanishi XX asrning 20-yillariga toʻgʻri keladi. Birinchi Parrandachilik fermalari 1929-yil Qoʻqon shahri yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930-yil Toshkentda "Oʻzparrandainkubatormarkaz" tuzildi. Oʻsha yili respublikada dastlabki Kattaqoʻrgʻon inkubator styasi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda Parrandachilik urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950-yil respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator Parrandachilik styalari kolxoz va sovxozlarda Parrandachilik fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959-yil Buxoro inkubator Parrandachilik styasi negizida respublikada 1-Buxoro Parrandachilik fabrikasi tashkil etildi. 1960-yildan esa inkubator Parrandachilik styalari 150—180 ming tovuq uchun moʻljallangan Toshkent, Oʻrtasaroy, Samarqand, Gʻallaorol va Fargʻona Parrandachilik fabrikalariga aylantirildi. 1964-yilda Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida "Oʻzparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, Parrandachilik fabrikasi, 12 nayelchilik xoʻjaligi, parrandalar kasalliklari boʻyicha respublika veterinariya lab. va boshqa tashkilotlar ish olib bordi. 1958-yilda Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida Parrandachilik boʻlimi, 1985-yilda genetika-seleksiya styasi (1994—2003-yillarda "Naslparranda" ilmiy markazi) tashkil etildi. 1992-yildan respublikada goʻsht yoʻnalishida kurkachilikni rivojlantirish boʻyicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va Yangiyoʻl (1995) Parrandachilik fabrikalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Germaniya, Belarus, Isroil, Gollandiya, Qo-zogʻistondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxumlaridan joʻja ochirish yoʻlga qoʻyildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-noyabrdagi "Parrandachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida" qaroriga koʻra, xorijdan olingan kreditlar hisobiga kurkachilikka ixtisoslashgan fabrikalar soni koʻpaydi. 2003-yil 4-sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining "Parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori bilan "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi tugatildi, uning tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 Parrandachilik fabrikalari toʻliq xususiylashtirildi. Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda tovuq (tuxum, goʻsht yoʻnalishlari), goʻsht uchun kurka, qisman oʻrdak, gʻoz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, yiliga 240-250 donagacha tuxum qiladigan "Oʻzbekiston" krossi yetishtiriladi. Intensiv Parrandachilikningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan boʻlib, yil davomida bir maromda tuxum va goʻsht ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Parrandalar, asosan, quruq aralash yemlar bilan boqiladi. Aralash yemga boʻlgan oʻrtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun —54; goʻsht olinadigan galalar uchun — 65; 2 oygacha boʻlgan broyler joʻjalar uchun — 4,7, tuxum olishga moʻljallanadigan 5 oylikkacha boʻlgan joʻjalar uchun —11,8. Oʻzbekistonda 2000-yilda 1252,9 mln. dona tuxum yetishtirildi, 14 mln. parranda boqildi. Xorijiy mamlakatlarda Parrandachilik juda taraqqiy etgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa bir kator mamlakatlarda yirik mexanizatsiyalashgan korxonalar barpo qilingan. amlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, sohani yanada jadal rivojlantirishga, jumladan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Xususan: birinchidan, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmayapti; ikkinchidan, parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, g‘oz, o‘rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni ommalashtirish choralari ko‘rilmayapti; uchinchidan, parranda kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etilmaganligi oqibatida parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalib bormoqda; to‘rtinchidan, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga o‘qitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda ko‘nikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti; beshinchidan, parranda ozuqa bazasini yaratish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan; oltinchidan, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirish choralari ko‘rilmagan; yettinchidan, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritish bo‘yicha tajriba yetarli emas, bu borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilmayapti. Respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, ularning turlari va eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida: 1. Quyidagilar parrandachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar etib belgilansin: raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish; ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish; sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish; ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish; ozuqa bazasini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish; parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilda respublikada: parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq; parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq; parrandachilik mahsulotlarini eksport qilishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq; sanoat usulida boqilayotgan parrandalarning ozuqaga bo‘lgan talabi parametrlari 4-ilovaga muvofiq; parranda ozuqasini yetishtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan yer maydonlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda ushbu qarorga asosan o‘rnatilgan prognoz parametrlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanlar va parrandachilik xo‘jaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin, ularning samarali va to‘liq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan ekvivalenti 50 million AQSh dollari miqdorida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshirilsin. Belgilansinki: “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga yo‘naltiriladigan Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ochilgan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi; Jamg‘arma uch oy muddatda ushbu bandda ko‘rsatilgan mablag‘larni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga o‘tkazib berilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rnatilgan tartibda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqariladigan aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga kiritilayotgan 50 million AQSh dollari ekvivalentidagi maqsadli mablag‘lar parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun boshqa tijorat banklariga ham kreditlar ajratish uchun yo‘naltiriladi; tadbirkorlik subyektlariga ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar foiz stavkasi bo‘yicha to‘lovlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish shaklida beriladi; “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jamg‘arma tomonidan ushbu bandda nazarda tutilgan mablag‘larni bankning ustav kapitaliga o‘tkazilgan kundan boshlab boshqa tijorat banklar tomonidan taqdim etilgan parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida ularning hisob raqamlariga pul mablag‘larining o‘tkazilishini ta’minlaydi; “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklari parrandachilikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlash salohiyatidan kelib chiqqan holda moliyalashtiradi. 5. Parrandachilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan 2019-2020-yillarda ajratilayotgan kreditlar foizi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (inkubatsion tuxumlar, 1 kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari, dori-darmon hamda qo‘shimcha komponentlar va boshqalar) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda; naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parrandachilik klasterlarini va inkubatsiya sexlarini tashkil qilish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta ta’mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda. Tijorat banklari parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2019-2020-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga belgilangan tartibda ajratsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Parrandasanoat” uyushmasining Uyushma huzurida barcha parranda xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy ilmiy-diagnostika laboratoriya markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: parranda kasalliklarining oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishning samarali mexanizmini ishlab chiqish; parrandalarni oziqlantirish uchun ilmiy asoslangan me’yorlarni ishlab chiqish; barcha turdagi parranda go‘shti va tuxum mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish; parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash, parrandalarni boqish va ularga berilayotgan ozuqa bazasining tarkibi va sifatini monitoring qilish; barcha turdagi parranda go‘shti va tuxumlaridan foydalangan holda umumiy, bolalar, parhez va maxsus ovqatlanishning yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish; parrandachilik xo‘jaliklari texnologik loyihalari me’yorlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash. Toshkent viloyat hokimligi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini joylashtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Tinchlik massividan umumiy maydoni 1 gektar bo‘lgan yer uchastkasini ajratsin. “Parrandasanoat” uyushmasi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini zarur bo‘lgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandachilik sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida ilmiy-amaliy markazni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda parrandachilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin, parrandachilik sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xarita”si ishlab chiqsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining bosqichma-bosqich barcha hududda parranda yetishtirish, uni qayta ishlash va yakuniy tayyor mahsulot tayyorlab, iste’molchiga yetkazish jarayonini to‘liq qamrab olgan parrandachilik klasterlarini tashkil etish (shu jumladan 2019-yilda 13 ta) to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, moliyalashtirish manbalari va yer maydonlarini aniqlab 2019 — 2021-yillarda parrandachilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi xavf va muhim nazorat nuqtalarini tahlil qilish (“NACCP”), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (“ISO”) va “Nalal” standartlari talablarini inobatga olgan holda, parrandachilik korxonasini texnologik loyihalashtirish me’yorlarini ishlab chiqsin va parranda mahsulotlarini xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish choralarini ko‘rsin. Belgilansinki, parranda kasalliklariga emlash uchun ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP — Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega bo‘lgan xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning vaksina va biopreparatlari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi va qo‘shimcha muvofiqlik sertifikatlari talab qilinmaydi. Download 49.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling