Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Download 499.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana31.03.2023
Hajmi499.7 Kb.
#1311821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)

Ключевые слова и фразы: налог, налог на добавленную стоимость
налоговый кредит, дифференцированные ставки, пониженная ставка, 
социальная политика. 
Abstract: The article describes the emergence, essence, socio-economic 
necessity of differential rates of value added tax through the review of scientific and 
theoretical literature and analysis of international experience. It is based on the fact 
that in order for the social function of taxation to work in the conditions of high VAT, 
a preferential (reduced) VAT rate must be applied to goods (services of a social 
nature). Based on this, Uzbekistan has developed proposals for the establishment of 
preferential VAT rates for certain types of goods and services. 
Key words and phrases: tax, value added tax, tax credit, differential rates
reduced rate, social policy 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
68 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
KIRISH 
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari o‘zining qator 
ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. Jumladan, soliq solishning maxsus (imtiyozli) rejimlari 
va soliq imtiyozlari ro‘yxati keskin qisqartirildi. Bu orqali tadbirkorlik sub’ektlariga 
soliq yukini mutanosib taqsimlash, mulk ob’ektlari va tabiiy resurslardan samarali 
foydalanishga yo‘naltirish, eng asosiysi, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) zanjirsimon 
mexanizmini tiklashga ma’lum darajada erishildi. 
Kichik biznes maqomining suiiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida 2019 
yildan tadbirkorlik sub’ektining soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi yoki 
umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishini hal qiluvchi mezon sifatida yillik 
oborot (yalpi tushum) belgilandi [1].
1
Unga ko‘ra yillik tushumi 1 mlrd so‘mdan 
oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tadi va QQS to‘lovchisiga 
aylanadi. SHu orqali QQS qamrovini kengaytirish ko‘zda tutildi. 
Biroq, QQS to‘lovchilari qamrovini kengaytirishga soliqning 20 foizli stavkasini 
pasaytirmasdan turib kirishildi. Bu esa iqtisodiyotda narxlar keskin oshishi va 
inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida 
yagona soliq to‘lashga ko‘nikkan aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari yuzaga kelayotgan 
QQS muammosidan qutulish uchun o‘z tushumini 1 mlrd so‘mdan oshirib 
yubormaslik choralarini ko‘rishdi. Bunga ular uch xil yo‘l bilan erishishlari mumkin: 
(1) tushumini yashirish; (2) oboroti 1 mlrd so‘mga etgan firmani yopib, boshqasini 
ochish; (3) parallel firmalar ta’sis etib, ularning tushumini nazorat qilish. Bularning 
barchasi esa yashirin iqtisodiyotga yo‘l ochadi. 
Natijada, 2019 yil tugamasdanoq QQS stavkasi pasaytirildi. Lekin shu bilan 
birga imtiyozlari ham keskin qisqartirildi. SHu jumladan, 2019 yilning o‘zida oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun joriy qilingan soliq imtiyozi ham olib 
tashlandi [2].
2
Oldinroq daromad solig‘ining nolli va progressiv stavkalari bekor 
qilingani, 2020 yildan esa mazkur soliq bo‘yicha ko‘plab imtiyozlarning olib 
tashlangani, QQS islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal 
yo‘naltirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, to‘laqonli soliq siyosati soliqning 
nafaqat fiskal funksiyasi, balki bir paytning o‘zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari 
uyg‘unlikda ishlashini ham ta’minlay olishi lozim. 
Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni 
ko‘rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi 
to‘laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar 
1
Ўзбекистон 
Республикаси 
Президентининг 
“Ўзбекистон 
Республикасининг 
солиқ 
сиёсатини 
такомиллаштириш концепцияси тўғрисида”ги ПФ-5468-сонли Фармони, 2018 йил 29 июн. 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Солиқ ва божхона имтиёзлари берилишини янада тартибга солиш 
чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5755-сонли Фармони, 2019 йил 27 июн. 



Download 499.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling