Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 74 w www.oriens.uz April 2021 Moldovada soliqning standart stavkasi 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz, mahalliy non va sut mahsulotlari, tabiiy gazni tashish va tarqatish xizmatlari, elektr energiyasini ishlab chiqarish, isitish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan bioyoqilg‘i, fitotexnika, bog‘dorchilik va zootexnika mahsulotlarining ma’lum bir turlariga 8 foiz, turar joy xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar tomonidan etkazib beriladigan ichimliklarga 12 foizli imtiyozli QQS stavkasi belgilangan. Ukrainada ham QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo‘lgani holda eksportga 0 foiz, dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy uskunalarga 7 foizli stavkalar nazarda tutilgan. O‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlarda QQS tabaqalashtirilgan stavkalari qo‘llanilishini Argentina, Turkiya, Belarusiya, Rossiya, Xitoy va Malayziya misolida ko‘rib chiqamiz. Xususan, Argentinada soliqning bazaviy stavkasi 21 foiz bo‘lsada, eksportga 0 foiz, bosma yoki raqamli gazeta va jurnallar ta’minoti (shu jumladan, importi), shuningdek, ma’lum bir turdagi bosma yoki raqamli gazeta va jurnallarning reklama xizmatlariga 2,5 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka mavjud. Bundan tashqari, uy-joy qurilishi, tibbiyot faoliyati, jamoat va taksi transporti, ayrim turdagi nashriyot va reklama xizmatlari, shuningdek, xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy institutlar tomonidan yakuniy iste’molchilarga kredit berish xizmatlariga 10,5 foizli stavka amal qiladi. Bunday stavka mevalar, dukkakli, sabzavot va go‘sht mahsulotlariga, tirik mollarni sotish va olib kirishga hamda maxsus iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarilgan ayrim elektron tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. SHu bilan birga Argentinada aholidan boshqa sub’ektlarga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun QQSning oshirilgan, ya’ni 27 foizlik stavkasi amal qiladi. Turkiyada amal qiladigan QQSning bazaviy stavkasi 18 foiz bo‘lgani holda eksportga 0 foiz, paxta xomashyosi, yong‘oqsimon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek, moliyaviy lizing xizmatiga 1 foiz, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik buyumlari, kitob va nashr mahsulotlariga esa 8 foizli pasaytirilgan stavkalar o‘rnatilgan. Rossiya Federatsiyasida asosiy stavka 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz, oziq- ovqat mahsulotlari, bolalar kiyim-kechaklari, dori-darmon, tibbiy mahsulotlar, bosma nashrlar va boshqa shu kabi ijtimoiy xarakterga ega tovarlarga 10 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka amal qiladi. Belarusiya QQS amaliyoti ham Rossiyanikiga o‘xshash bo‘lib, soliqning asosiy stavkasi 20 foiz, eksportga 0 foiz, o‘simlik mahsulotlari (gulchilik va manzarali o‘simliklarni etishtirishdan tashqari), asalarichilik, chorvachilik (mo‘ynadan tashqari) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling