Passiv diffuziya Yengilashtirilgan diffuziya


Bakteriyalarning o’stirishning asosiy prinsiplari


Download 30.82 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1530995
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Anaerob mikroblar

Bakteriyalarning o’stirishning asosiy prinsiplari.
Mikroorganizmlar (hujayra ichi parazidlaridan – rukketsiylar, xlamidiylar, viruslar va sodda hayvonlardan tashqari ) sun’iy oziq muhitlarda o’sa oladi. U yoki bu turning o’ziga bo’lgan talabiga qarab oziq muhiti plastik va energetik metabolizm talabini qondira oladigan barcha kerakli moddalarni tutishi kerak. Mikroorganizmlarning har xil materiallardan ajratib olish o’stirishdan laboratoriya amalyotida mikrobiologik diagnostihada, ilmiy tadqiqot ishlariga, mikrobiologik vaksina antibiotklar ishlab chiqarishda va boshqa biologik moddalar ishlab chiqarishda foydalanib kelinmoqda.
Mikroorganizmlarning kulturasini, olish ularning hususyatlaridan kelib chiqan holda amalga oshirikadi. Ko’pchilik patogen mikroorganizmlar oziq muhitlarda 37 C haroratda 1-2 sutka davomida o’stiriladi. Ammo ba’zi birlari uzoqroq vaqtni talab qialdi. Masalan, ko’kyutal 2-3 sutkani, sil mikobakteryasi esa 3-4 haftada rivojlanadi. Aerob mikroblarning o’sish va rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida chuqur metoddan foydalaniladi. Bu metodda havo to’xtatmasdan almashtirib turiladi vaoziq muhit aralashtirib turiladi. Bu metoddan biotexnologiyada keng qo’llaniladi.
Anaeroblarni o’stirish uchun o’ziga xos metoddan foydalaniladi. Bu metodning mohiyati shundaki, havo so’rib olinadi yoki inert gazlar bilan almashtiriladigan semetik termostat – analrostatdan foydalaniladi. Anaeroblarning oziq muhitlarda o’stirishda oksidlanish-
Qaytarilish potensialini pasaytiruvchi moddalardan foydalaniladi (glyukoza, chumoli kislotasi, natriy va b. )
Miroorganizmlarning o’stirish
Oziq muhitlar shunday bo’lishi kerakki, ular oson o’zlashtirilishi, malum tarkibli atomli moddalar, uglevodlar, vitaminlar kerakli miqdorda tur, izotopik steril, bufer xossasiga ega bo’lishi, ontimal yopishqoqlikka va oksidanish-qaytarikish potensiyaliga ega bo’lishi kerak. Turning yuqori konsentratsiyasini talab qiluvchi mikroorganizmlar galofillar deb ataladi. Ular dengizlarda, okeanlarda, sho’r ko’larda taarqalgan. Bulardan bazilari odamlarga kasalik qo’zg’atadi (vibrio parahaemolyt cus va b. ) Mikrobiologiya tarixi davomida oziq muhitlar takomilashib bordi. Pastergacha bo’lgan davrda mikroorganizmlarning o’stirish uchun faqat damlama va qaynatmalardan foydalanilgan. L. Paster va K. Negeli amalyotda mikroblarni o’stirish uchun oqsilsiz muhitdan foydalanishni taqbiq qildilar. R. Kox va F. Leffler baketyalarning o’stirish uchun go’shtli suv pepton va natriy xloriddan foydalandi. Bu muhit 1-2% agar qo’shilgan peptonli agar (GPA) dan tayorlangan go’sh peptonli bulyoni (GPB) o’z ichiga oladi.
Agar- ba’zi suvo’tlaridan olingan qattiq tolasimon material hisoblanadi. U suvli eritmalarda quyuq gel (studen) hosil qiladi. U 70-75 % polisaxarid, 2-3% oqsil va boshqa azotli moddalardan, 2-4% kuldan iborat. Agar qizdirilganda suvda yaxshi eriydi, uy sharoitida qotadi. Agar tarkibidagi yuqori molekulali moddaagorozo va asosan rangsiz kukun (poroshok) shaklida chiqariladi. Agar –agar oziq moddalarning qotirish bilan birga mikroorganizmlar fermentlari tasiriga chidamlilik hususyatiga ega. Shu sababli u yarim suyuq, qattiq va quruq oziq muhitlarni tayorlashda keng qo’laniladi. Hozir tabiiy agar yetishmaganligi uchun qattiq oziq muhitlarni tayorlash maqsadida sun’iy polimerdan foydalanilmoqda.
Oziq muhitda qo’yilgan talablar. Bakteriyalarning labarotoriya sharoitida o’stirish, ularning har xil hususyatlarini o’rganish uzoq muddat saqlash uchun oziq muhitlardan foydalaniladi. Ular mikroorganizmlar hayot faolyati, ko’payishi, rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratishi kerek. Birinchi novbatda mikroorganizmlar o’zlarining osilarini sintez qilishi uchun azot, uglerod, vodorodlarga ehtiyoj sezadilar. Vodorod va kislorod hujayra uchun suv yetkazib beradi.
Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar mol go’shti, baliq, go’sht-suyakli un roslin) shuningdek, oqsil gidrolizatlar, peptidlar peptonlar azot manbai bo’ladi va yana go’shtli o’rnini bosuvchi yo’ldosh, quyultilgan qon, achitqilardan ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, muhit tarkibida oziq moddalar manbai va suv, osish omillari (B vitaminlari, fermentlar) bo’lishishart. Hayvon va o’simliklardan olinadigan oqsil ekstradlar, oqsil gidrolizatlar universial manba bo’lib xizmat qiladi. Murakab oziq muhitlarni talab qiluvchi mikroblar uchun oziq muhit tarkibiga – qon, zardob, asitik suyuqlik, tuxum sarig’i, jigar bo’lakchasi, buyrak, miya to’qimasi va boshqalar qo’shiladi. Muhit o’z tarkibiga temir mis, marganez, rux, kalsiy, natriy, kaliy ionlari noorganik fosfatlarni ham tutishi kerak.
Bakteriyalarning hayot faoliyatida oziq muhitning pH muhim ahamiyatga ega. Mikroorganizmlar har bir turi evolyutsiya jarayonida pH ma’lum chegarasida o’sishga moslashgan. pH fermentlarning faolligiga tasir etadi. Saprofitlar pH 2 dan 8,5 gacha, patogen bakteryalarning turlari pH 6-8 b’lgan sharoitda yaxshi o’sadi.
Oziq muhit ma’lum yopishqoqlik, zichlik, namlikka (20% gacha) ega bo’lishi kerak. Shuningdek, oziq muhit izotonik, tiniq va albatda stril bo’lishi kerak.

Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling