Passiv va aktiv radioelektron elementlar parametrlarini va alsu kodli signallarni tanib olish uchun universal qurilma


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1632028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
InnoRailway-Xalikov

Ключевые 
слова: 
транзистор тестер, микроконтроллер, разъём, пин, универсальное измерительное 
устройство UMD-1, автоматическая локомотивная сигнализация, кодовый сигнал. 
 
Kirish. Radioelektron elementlarni loyihalash va yig‘ish hamda ularni ta’mirlash uchun 
aksariyat hollarda ko‘pgina o‘lchov asboblari va ma’lumotnoma adabiyotlari (datasheet) talab 
etiladi. O‘tgan asrda elektronika sohasidagi mutaxassislar tomonidan yarim o‘tkazgich 
elementlarni qo‘llab o‘lchov natijalarini yaxshilash uchun o‘lchov asboblari takomillashtirilgan. 
Masalan, yarim o‘tkazgichli elementlarni o‘lchash uchun tranzistor tester ishlab chiqilgan. 
Xozirgi kungacha tranzistor testerlar nafaqat yarim o‘tkazgichli radioelektron elementlarni 
o‘lchaydi, hatto passiv, aktiv va turli xildagi kombinatsiyalashgan elementlar, masalan datchik 
va boshqalarni tanib oladi va o‘lchaydi. Bundan tashqari amaliyotda doimiy va o‘zgaruvchan 
turdagi kuchlanish, tok, kondensatorlar sig‘imi, rezistorlar qarshiligi, chastota va atrof muhit 
haroratlarini o‘lchaydigan raqamli multimetrlar keng qo‘llaniladi. Multimetr bilan tranzistor 
tester taqqoslansa, multimetr radioelektron elementlarni raspinovkalash, ba’zi elektron 
elementlar hamda murakkab kombinatsiyalashgan elementlar parametrlarini aniqlash va tanib 
olishni amalga oshirmaydi, shuningdek o‘lchovda yo‘qotishlarni kuzatish mumkin. 
Tadqiqotning 
maqsadi. 
Xozirgi 
kunda 
AVR-mikrokontroller 
negizida 
keng 
qo‘llaniladigan tranzistor testerning loyihasi va g‘oyasi Markus Freyek hamda Karl-Heynz 
Kubbelerlarga tegishli bo‘lib, ular tomonidan “AVR-Transistor tester va minimal qo‘shimcha 
elementlar” deb nomlangan [3]. Tranzistor testerlarning oxirgi rusumlari ATmega oilasiga 
kiruvchi mikrokontrollerlari negizida, jumladan ATmega8, ATmega168, ATmega328, 
ATmega644, ATmega1284, ATmega1280 va ATmega2560 mikrokontrollerlarida tuzilgan 
bo‘lib, o‘lchash ishlarini kengaytirish, oddiy va murakkab radioelektron elementlarni aniqlash va 
tanib olish va boshqa foydali g‘oyalarni amalga oshirmoqda [2]. Shu jihatdan ATmega328 
mikrokontrolleri negizidagi tranzistor testerni takomillashtirgan holda aktiv va passiv elementlar 
o‘lchov birliklaridagi qiymati va ularning raspinovkasi aniqlash, doimiy tok kuchlanishini, oddiy 
va impuls kengligi modulyatsiyasining signal chastotalarini o‘lchash, impuls signallarini uzatish 
imkonini yaratdi, shuningdek temir yo‘l blok uchastkalarida ALS kodli signallarini kontaktsiz 
aniqlash ushbu maqola tadqiqotining asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling