Passiv va aktiv radioelektron elementlar parametrlarini va alsu kodli signallarni tanib olish uchun universal qurilma


-rasm. UMD-1 turidagi universal qurilmaning tuzilmaviy sxemasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana20.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1632028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
InnoRailway-Xalikov

3-rasm. UMD-1 turidagi universal qurilmaning tuzilmaviy sxemasi 
Yuqorida keltirilganidek, elektr energiya bog‘liq muammosini yechimini hal etish uchun 
zaryalanish xususiyatiga ega akkumulyator manbasi va kuchlanishni o‘zgartirgichi ulangan 
bo‘lib, u 3,7 V kuchlanish, 1200 mA tok parametrli litiy-ion akkumulyator, 3,7 V kuchlanishni 
mo‘tadil 5 V kuchlanishga o‘zgartiruvchi DC-DC konvertor hamda kiruvchi kuchlanishning 
ortiqcha tok qiymatini chegaralash va qisqa tutashuvdan himoyalash uchun D1 yarim o‘tkazgich 
diod qo‘llanilgan. 
Tadqiqot natijalari. Aksariyat texnik boshqarish sohalarida qo‘llaniladigan qurilmalar 
yuqoridagi keltirilgan birliklardagi o‘lchov ishlari amalga oshirilib, shuningdek temir yo‘l 
transportida avtomatika va telemexanikaning mikroelektron yoki mikroprotsessorli boshqaruv 
tizimlarini o‘rnatishda testdan o‘tkazish hamda ta’mir ko‘rsatishda keng qo‘llanilishi katta 
ahamiyatga ega hisoblanadi. 
UMD-1 turidagi universal qurilmaning temir yo‘l transporti avtoblokirovka tizimida 
qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Yuqori o‘tkazish qobiliyati, temir yo‘l magistral liniyalarida 
xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek unumdorlikni oshirish va temir yo‘lchilarning ishlash 
sharoitlarini yaxshilash maqsadida avtomatika va telemexanika vositalari qo‘llaniladi. Ularga 
poezdlar harakatini integralli sozlash qurilmalari majmuasi, shu jumladan ALS tizimi ham 
tegishlidir. ALS tarkibiga yer ustida o‘rnatiladigan uzatish qurilmalari, xarakatlanuvchi tarkibda 
qabul qiluvchi va deshifratsiyalovchi qurilmalar, shuningdek ALS qurilmalari boshqa turdagi 
signalizatsiya va blokirovka, indikatorlar, datchiklar va harakatlanuvchi tarkibdagi ijrochi 
qurilmalar bilan moslashuvchi qurilmalardan tashkil topgan. ALS qurilmasi temir yo‘ldan 
lokomotivga axborot jo‘natadi. Hamma ALS tizimlari axborot uzatish usuliga bog‘liq holda 
nuqtali harakatdagi (ALSN) va uzluksiz harakatdagi avtomatik lokomotiv signalizatsiya (ALSU) 
tizimlariga bo‘linadi. ALSN ishlash tartibi bo‘yicha mexanik, optik, kontaktli, induksionlarga 
bo‘linadi. Induksion tizimlari yo‘ldagi manba va lokomotivdagi manbasi usuli bilan ajratilsa
manba tizimi o‘z navbatida doimiy va o‘zgaruvchan tok manba tizimi bilan farqlanadi. Uzluksiz 
turidagi ALS tizimlari elektrokontaktli, induktiv, radioreleli va radarlilarga bo‘linadi. Bundan 
tashqari ALSU past va yuqori chastotali induktiv tizimlari bilan farqlanadi [1, 8, 11-13]. Hozirgi 
kunda O‘zbekiston temir yo‘llari liniyalarida yuqorida keltirilgan tizimlardan ALSN faqat temir 
yo‘l stansiya chegaralarida va ALSU temir yo‘l peregon uchastkalarida qo‘llaniladi. Temir 
yo‘lning asosiy qismini peregon tashkil etgani uchun tadqiqotlar asosan temir yo‘l peregon 
uchastkalariga mo‘ljallangan. 
ALSU tarkibiga kiruvchi xamma qurilmalarni yo‘l (uzatuvchi) va lokomotiv (qabul 
qiluvchi) qurilmalariga ajratiladi. Yo‘l qurilmalari yo‘l svetofori atrofida joylashgan rele 


Railway transport: topical issues and innovations, 2022 №1
29
Железнодорожный транспорт: актуальные задачи и инновации
, 2022 №1 
shkaflarida joylashadi. Yo‘l qurilmalari tarkibiga kodli transmiter va transformator kiradi (5-
rasm). Transmitter yo‘l svetoforining signal ishorasini mos impulsli kod sonlari 
kombinatsiyasiga aylantiradi, ya’ni transmitter davriy holatda rels zanjiriga o‘zgaruvchan tok 
elektr signallarini (kodlarni) aniq impuls sonlari va impulslar o‘rtasida pauzalar davomiyligi 
hamda impulslar seriyalarida uzatadi [1, 8, 11-13]. 
Lokomotiv svetofori tomonidan qabul qilinayotgan signallar yo‘l svetoforiga (o‘tkazish, 
kirish va boshqa svetoforlar) yaqinlashganida quyidagi ishoralarga ega: Yashil ishora – 
harakatga ruxsat beriladi (poezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetofori yashil rangda yonib 
turibdi); sariq rang – harakatga ruxsat beriladi (poezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetofori bitta 
yoki ikkita sariq rangda yonib turibdi); sariq-qizil bilan yonib turibdi – harakatga ruxsat beriladi, 
lekin to‘xtashga tayyorgarlik ko‘rish (poezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetofori qizil rangda 
yonib turibdi) [1, 8, 11-13].
Transmitter tanlab oladigan uchta turli impulslar kombinatsiyasi va intervallari (kodlar) 
qo‘llaniladi. Kontruksiya jihatidan transmitter elektryuritgich ko‘rinishida tuzilgan bo‘lib, uning 
valiga uchta kodli shayba o‘rnatilgan va u belgilangan ketma-ketlikdagi kodlar tokining kontakt 
zanjirlarini ulab-uzadi. Yo‘l svetoforining ishorasiga bog‘liq holda signal relesi rels zanjirining u 
yoki bu kontaktlari bilan kodli yo‘l transmitterini ulab-uzadi. 4-rasmda xamma uchta kodlar 
ko‘rsatilgan bo‘lib, u transmitter orqali ishlab chiqiladi, impulslar va ular o‘rtasidagi intervallar 
ketma-ketligi ham keltirilgan. To‘liq tsikl uzunligi (transmitter valining to‘liq aylanmasi) 1,5 s 
teng. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling