Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


III Yangi mavzu bayoni Muallif haqida qisqacha ma`lumot


Download 1.08 Mb.
bet24/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

III Yangi mavzu bayoni Muallif haqida qisqacha ma`lumot:
Qudrat Hikmat (1925-1968)
Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Pedagogika institutini tugatgan (1957). Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening Vatanim» (1950). «Baxtli bolalar» (1951), «Obodlik» (1953), «Do‘stlik» (1954), «Uch o‘rtoqning sovg‘asi» (1957), «Nevara mehri», «Chirchiq farzandi» (1961), «Alisher va kitob» (1962), «Ilonshoh va uning amaldorlari xaqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Shamol botir» (1966), «O’g‘lim bilan suhbat» (1970), «Olmos mening yuragim» (1983), «Mening yuragim» (1986) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan A. Barto va boshqa shoirlarning bolalarga atalgan she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yil 10 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.Kumush qish mavzusida suhbat o’tkazish.
Savab bulut to‘shagin
Qish to‘zg‘itar momiq par.
Yozilganday yaltirar.
Mahalla-ko‘y ko‘chada
Chuvurlashib qor kurar.
Esib sovuq izg‘irin:
— Tezroq yur! — deb buyurar.
Pirpiratib ko‘zini
Avtobuslar o‘tadi.
Qahraton qish hovurni
Mo‘rkon kabi yutadi.
Qorga deyman: — Namuncha
Zeriktirding uchqunlab?
Yog‘masding-ku ilgari
Surunkasi uch kunlab.
Tomlar kiydi oq qalpoq,
Hovlilarda sen tepa.
Osmon elak, nazdimda,
Shahrimizga un separ.
Yetar shuncha yog‘ganing,
Uzoq dala, qirga bor!
Ular seni kutmoqda,
Har zarrangga bo‘lib zor.
Vodiylarga fayz berib,
Gullat bog‘-u rog‘ini.
O‘ra kumush choyshabga
O‘lkamning har yog‘ini.
.IV. Mustahkamlash.
1. She’rda qor yog‘ishi, tomlarning qor bilan qoplanishi nimalarga o‘xshatiladi? Misollar keltirib so‘zlang. 2. «Mo‘rkon», «serbar», «fayz», «surunkasi» so‘zlarining ma’nosini izohlang
V.Uyga vazifa: matnni o’qish.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimi baholanadi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling