Past yoki sovuq ob-havo sharoitlarida ishlab chiqarish sifatini ta’minlashning o’ziga hos xususiyatlari Reja
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari
Download 90.15 Kb.
|
Past yoki sovuq ob-havo sharoitlarida ishlab chiqarish sifatini -fayllar.org
4. Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchashda uning texnologik jarayon bosqichiga (masalan, metallarga ishlov berishda konveksion va nur issiqligining ko'p ajralishi, quritish qurilmalarida detallarni quritish va boshqalar), yil mavsumiga, tashqi sharoitlarga, isitish va shamollashishning samaradorligiga ko'ra juda o'zgaruvchanligini hisobga olish zarur. O'lchash poldan l,5m balandlikdagi ish zonasi, asosiy yo'laklarda kun va yilning turli vaqtlarida, texnologik jarayonning turli xil davrlarida takroriy ravishda o’tkaziladi. Havo harorati va namligini o'lchash uchun Assmanning aspiratsiya sixrometridan foydalaniladi (1-rasm). 1-rasm. Assman psixrometrining umumiy ko'rinishi. U ikkita B termometridan tashkil topgan. Termometrlardan birining simobli boshchasi mato bilan qoplangan bo'lib, uni pipetka yordamida namlab turiladi. Quruq termometr havo haroratini ko'rsatadi. Nam termometr ko'rsatkichlari havo namligiga bog'liq, namlik nechog'lik kam bo'lsa, uning harorati shuncha kam bo'ladi, chunki havoda namlik kamaygan sayin nam matodan suvning bug'lanishi ko'payadi va simob idishchasining yuzasi ko'proq soviydi. Nam termometr ko'rsatgichlariga havo harakatchanligining ta'sirini bartaraf qilish uchun asbobning boshchasiga soat mexanizmli ventilator o'rnatilgan. U termometrlarning idishchalari turadigan A naychalarida havoning doimiy tezligini vujudga keltiradi. Bu naychalar termometrlarni mexanik shikastlkrdan saqlab va asbob ko'rsatgichlarini o'zgaritirishi mumkin bo'lgan w nurianishlarni qaytarib, himoya rolini ham o'ynaydi. O'lchashdan oldin pipetka D ga suv to'ldiriladi va nam termometrning matoli qobig'i ho'llanadi. Bunda asbobni vertikal (to'ntarmaslik kerak) tutib turiladi va o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi. 3—5 minut o'tgach, termometrlarning ko'rsatkichlari ma'lum darajani ko'rsatadil. Bu ma'lumotlar yoziladi, so'ngra maxsus jadvallar bo'yicha yoki namlik nomogrammasi yordamida namlik hisob qilinadi. Nisbiy namlik miqdori jadval bo'yicha, quruq va nam termometrlar miqdorlarining ayirmasi gorizontal bo'ylab joylashtirilgan va nam termometr ko'rsatgichi vertikal bo'ylab joylashtirilgan bo'lib, ularning miqdorlari kesishgan katakda oldindan hisoblab qo'yilgan qiymat keltirilgan bo'ladi. Nomogramma bo'yicha esa nam va quruq termometrlarning o'rsatgichlari kesishgan nuqtadan aniqlanadi. Ish joylari, shamollatish teshiklari, deraza oldidagi havo harakatining tezliklarini o'lchash uchun parrakli yoki kosacbali anemometrlardan foydalaniladi (2-rasm). 2-rasm. Kosachali anemometr. havo tezligining 1 dan 10 m/s gacha o’llchash imkonini beradi.Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha asbob o’qi unga mahkam o'rnatilgan parraklari bilan harakatlanayotgan havo ta'sirida aylana boshlaydi, havo harakati tezligi qancha katta bo'lsa, u shunchalik tez aylanadi. O'q tishsimon g'ildiraklar sistemasi orqali strelkalarga ulangan. Markaziy strelka birlik va o'nliklarni, mayda millarning strelkalari bo'linmalarning yuzdan va mingdan bir ulushlarini ko'rsatadi. Yon tomonida joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g'ildiraklari sistemasidan uzish yoki ulash mumkin. O'lchash oldidan millar ko'rsatkichlarini o’qdan uzib qo'yilgan holda yoziladi. Asbobni o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi va o'q unga mahkamlangan parraklar bilan birga aylana boshlaydi. Sekundomer bo'yicha vaqt belgilab olinadi va asbob ulanadi. Bir minut vaqt o'tgandan keyin o’qni uzib qo'yiladi va ko'rsatgichlar yana yoziladi. Ikkinchi yozib olingan ko'rsatgichlardan birinchisini ayirib, ayirmani. 60 ga (bir minutdagi sekundlar soni) bo'lib, strelkaning biri sekund ichida o'tgan bo'linmalari soni topiladi. Keyin asbobga qo'shib beriladigan grafik bo'yicha havo harakatining bir sekunddagi metrlar tezligi aniqlanadi. 3-rasm. Termoanemometrning umumiy ko'rinishi. Havo harakatining aks|ri korxonada talab etiladigaii kichik tezliklarini (sekundiga bir metrdan kam) o'lchash 'uchun termoanemometrlardan (3-rasm) foydalaniladi. U shuningdek, havo haroratini o'lchash imkonini ham beradi. Termoanemo-metr—yarim o'tkazgichlardan yasalgan batareyali asbobdir. O'lchash asosi asbob datchigi qarshiligining o'zgarishiga asoslangan bo'lib, bu o'zgarish harorat va havo harakatining tezligi o'zgarganda sodir bo'ladi. Asbobga uning tuzilishi va o'lchash texnikasi bayon etilgan tavsiyanoma ilova qilinadi. Havoning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo'lishi, havodan, nafas olib mehnat qilayotgan kishilar uchun juda, muhim. Chunki havoning tozaligi'inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi. Yer atmosferasi quruq havo bilan ma'lum miqdordagi suv bug'larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibida 78 foizi azot, 20,9 foizi kislorod, 0,93 foizi argon, 0,03 foizi karbonat angidridi va uncha ko'p bo'lmagan miqdorda geliy, neon, kripton ya boshqa gazlar bor. Ma'lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo’lishidir. havoning holatini bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig'imi, nisbiy namligi, issiqlik sig'imi va boshqdlar bilan belgilanadi. Download 90.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling