3.2.Kultural xususiyatlari. E.rhusiopathiae mikroaerofil (5-10% CO2), aerob. GPB, GPA, GPJ, yarim suyultirilgan agar, qon zardobi, uglevodli muhitlar, elektiv muhit Sent – Ivani (tarkibida 0,1 kristallviolet va 1% natriy azidi bor GPA) muhitida, pH 7,2-7,6, 370C da 18-24 soatda o’sadi. GPB da kamroq loyqalanish paydo qiladi. 48-72 soatdan keyin muhit tinib, cho’kma hosil bo’ladi, qoqib ko’rganda bulut singari ko’tariladi. GPA da tiniq, shudring tomchisiga o’xshash (S-shakl) koloniyalar hosil qiladi, lekin R – shakli ham uchrab turadi – ular yirik, yuzasi notekis, chetlarida ildizsimon o’simtalari bor koloniyalar hosil qiladi. Bunday koloniyalar kasallik surunkali kechganda ajratiladi. GPJ da 6-10 kundan keyin gorizontal o’smalar paydo bo’ladi, jelatina erimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |