3.3.Biokimyoviy xususiyatlari. Saramas qo’zg’atuvchisi vodorodsulfid H2S ajratadi, katalaza hosil qilmaydi, glyukoza, laktozani gazsiz kislota hosil qilib parchalaydi, saxaroza, mannitni parchalamaydi.
3.4.Chidamliligi. E.rhusiopathiae spora hosil qilmasa ham, tashqi muhit ta’siriga chidamlidir. Ular ampulada mahkamlangan suyuq muhitda 17-35 yil, jasadda bir necha oy, suvda 73 kun, tuproqda 108 kun, quruqlikda 3 hafta yashaydi.Saramas bakteriyasi 500C da 15, 700C da 5 daqiqa, go’shtning qalin bo’laklarini qaynatganda 2,5 soatdan keyin o’ladi. Odatdagi dezinfeksi yalovchi moddalar yaxshi samara beradi. Ular ultrabinafsha nurlariga sezgir.
Do'stlaringiz bilan baham: |