3.10.Serologik tekshirishlar asosan saramasning surunkali va latent shakl larini aniqlash uchun o’tkaziladi. Buning uchun probirkali va tomchili AR usullaridan foydalaniladi. Reaksiya tomchili usulda qo’yilganda yog’sizlan tirilgan quruq predmet oynachasiga bir tomchi qon (0,004-0,006 ml) yoki zardob (0,002-0,003 ml), bir tomchi antigen ustiga tomdiriladi va aralashtiri ladi. Spirt alangasi ustida yengilgina qizdirib, chayqatilib turiladi. Ijobiy holda 1-2 daqiqada mayda yoki yirik donachalar paydo bo’ladi. Natija qora fonda ko’riladi.
Probirkada reaksiya zardobni 1:50; 1:100 nisbatlarda suyultirilib qo’yiladi.Agglyutininlar kasallikning 2-5 kunlarida paydo bo’lib sog’aygan hayvonlar qonida 2-3 hafta saqlanishini; cho’chqalar emlangandan 2 oydan keyingina, zardob yuborilgan bo’lsa – 1 oydan keyingina diagnostik tekshi rish mumkinligini inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |