Pasterellyoz va saramas kassaligi qo’ZG’atuvchisi reja


Download 29.16 Kb.
bet15/16
Sana05.01.2022
Hajmi29.16 Kb.
#205543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
10-Maruza(3)

4. 3. Bakteriologiya. Patologik materialdan GPB, GPA, GPJ larga ekiladi. Ekmalar 370C da 18-24 soat termostatda o‘stiriladi, o‘sish bo‘lmasa, yana 24 soatga qoldiriladi. E.rhusopathiae aerob, mikroaerofil (5-10% CO2 da yaxshi o‘sadi).

GPB da – muhit yengilgina loyqalanadi. 48-72 soatdan keyin tinib, probirka tubida cho‘kma hosil bo‘ladi. Qoqib ko‘rganda nozik bulut shaklida ko‘tariladi.

GPA da saramas qo‘zg‘atuvchisi mayda, shaffof, shudringsimon koloniyalar hosil qiladi (S- shakli). R- shaklda – yirik, yuzasi notekis, chetlari o‘simtali koloniyalar –(kasallik surunkali o‘tganda) paydo bo‘ladi. Ba’zan oraliq koloniyalar ham hosil bo‘ladi.

GPJ ga tik ekilganda uni suyultirmaydi, bir necha kundan keyin «yumaloq sim cho‘tka» shaklida o‘sadi.



Biokimyoviy xususiyatlari – saramas qo‘zg‘atuvchisi vodorod sul-fid ajratadi, katalaza hosil qilmaydi. Glukoza, laktoza, galaktozalarni parchalab kislota, gaz hosil qiladi, saxaroza, mannit, salisinni parcha-lamaydi.

Serologik farqlash. Buyum oynachasida tomchili usulda 1:50 nisbatda saramas zardobi bilan AR qo‘yiladi. Bir sutkali GPA da o‘sgan kultura ishltiladi. Agar saramas qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa zich, mayda, donador agglutinat paydo bo‘ladi.

4.4.Biosinov. Kabutar va oq sichqonlarda qo‘yiladi. Kabutarlar to‘shiga 0,2 – 0,3 ml dozada, 16-18g li oq sichqonlar terisi ostiga 0,1 – 0,2 ml dozada patmaterial suspenziyasi yoki GPA da o‘stirilgan 1-2 sutkali kultura suspenziyasi yuboriladi. Ijobiy natijada zararlantirilgan kabutarlar 3 - 6 sutka, oq sichqonlar 2-4 sutkadan keyin o‘ladi. Biosinov 7 kun kuzatiladi.

Diagnoz qo‘yildi deb hisoblanadi:

1. Lyuminissentli mikroskopda patmaterial, aralash kulturadan tayyorlangan surtmalarda saramas qo‘zg‘atuvchisi topilsa (toza kultura ajratilmasa ham);

2. Patmaterialdan qo‘zg‘atuvchiga xos xarakterli xususiyatli kultura ajratilsa;

3. Biosinovdagi hayvonlar o‘lsa va organlaridan saramas qo‘zg‘a-tuvchisi kulturasi ajratilsa (hatto birlamchi qo‘zg‘atuvchi ajratilmasa ham).

Biopreparatlar. Cho‘chqalar saramas kasalligiga qarshi konsentrlangan gidrookisaluminli formolvaksina.

Cho‘chqalar saramas kasalligiga qarshi deponirlangan vaksina (tirik kultura ishlatilgan).

Cho‘chqalar saramas kasalligiga qarshi quruq liofillangan tirik vaksina .VR – 2 vaksina shtammi kulturasidan tayyorlangan.

Cho‘chqalar saramas kasalligini davolovchi - profilaktik zardoblar: cho‘chqalarni giperimmunlab olinadi; oq sichqonlarda sterillik, zararsizlik va faollikka nazorat qilinadi. 0,01; 0,02 va 0,03 ml dozalarda sichqonlar o‘lmasa faol hisoblanadi.

Saramasning lyuminessensiyalovchi quruq zardobi bevosita im-munofluoressensiya usuli uchun ishlab chiqilgan. Kultura va material-dan tayyorlangan surtmalarda qo‘zg‘atuvchini serologik qiyoslashga mo‘ljallangan.


Download 29.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling