Pasterellyoz va saramas kassaligi qo’ZG’atuvchisi reja


Download 29.16 Kb.
bet16/16
Sana05.01.2022
Hajmi29.16 Kb.
#205543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
10-Maruza(3)

5.Biopreparatlar. Cho’chqalar saramasiga qarshi birinchi tirik vaksinani 1883 yilda Paster va Tyulye bakteriyani attenuasiya (kuchsizlantirish) yo’li bilan yaratgan. Hozirgi vaqtda bir necha xil vaksinalar ishlab chiqilgan: deponirlangan vaksina, kuchsizlantirilgan VR 2 shtammdan tayyorlangan tirik vaksina, quruq vaksina VR 2 - virulentligi pasaytirilgan kulturadan tayyorlangan, konsentr langan gidrokisalyuminiyli formol vaksina. Cho’chqalar 2 oylikdan, ona cho’chqalar qochishidan 15-20 kun oldin emlanadi. Immunitet 8-10 kunda paydo bo’lib, 6-8 oy saqlanadi.

Saramasga qarshi immun zardoblar cho’chqa, ot, qo’ylarni qo’zg’atuv chi kulturasi bilan giperimmunlash yo’li bilan olinadi. Sterillik, zararsizlik va aktivlikka tekshiriladi. Sterillikka tekshirish uchun zardob GPB, GPA va go’sht-peptonli jigarli bulonga ekiladi vazelin moyi ostida. Ekmalar 370C haroratda 10 kunda steril holda qolsa, zardob yaroqli deb hisoblanadi. zarasizlikka tekshirish uchun zardob ikkita oq sichqon terisi ostiga 0,5 ml va bitta dengiz cho’chqasiga 10 ml dozada yuboriladi. 10 kun davomida bu hayvonlar tirik qolishi kerak. Aktivlikka tekshirish uchun zardob oq sichqonlarga 0,01 , 0,02, 0,03 ml dozalarda (har biriga uchtadan oq sichqon) qorin bo’shlig’iga yuboriladi. 1-1,5 soatdan keyin emlangan va nazoratdagi sichqonlarga saramasning virulentli sutkali kulturasi 0,001-0,002 ml dozada teri ostiga yuboriladi. Nazoratdagi sichqonlar 3-4 kunda o’ladi. Agar barcha zardob yuborilgan sichqonlar tirik qolsa yoki faqat 0,01 ml zardob yuboril gani o’lsa zardob aktiv hisoblanadi.



Fenol yoki xinozol bilan konservasiya qilingan zardob 4 yilgacha ishlatilishi mumkin. U kasallikning oldini olish va davolash maqsadida ishlatiladi. Immunitet 14 kundan bir oygacha saqlanadi. zardob bilan birga antibiotik qo’llash yaxshi samara beradi.
Nazorat savollari

  1. Pasterellyoz qo’zg’atuvchisining xususiyatlarini ayting.

  2. Pasterellyozning laboratoriya diagnostikasi nimalardan iborat.

  3. Pasterellyozda biosinov qanday qo’yiladi?

  4. Pasterellyozda ishlatiladigan biopreparatlar.

  5. Saramas qo’zg’atuvchisining xususiyatlarini ayting.

  6. Saramasga tekshirish uchun laboratoriyaga qanday materiallar yuboriladi va qaysi usullarda tekshiriladi.

Download 29.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling