Sertifikat - Sertifikat (lot. sertum — aniq va facere — qilmoq) —
- 1) davlat organlarining moliyaviy majburiyati, zayomi;
- 2) sugʻurta S.i — sugʻurta shartnomasi shartlarini ifodalaydigan hujjat; sugʻurta polisi oʻrniga oʻtadi;
- 3) omonat (depozit) S.i — bankka qoʻyilgan omonat summasini tasdiqlovchi qimmatdor qogʻoz va belgilangan muddat oʻtgach, omonatchi (S. saqlovchi)ning omonat summasini va Sdan shartlashilgan foizlarni S. bergan bankda yoki uning boshqa istalgan shoxobchasida olish huquqi;
- 4) mahsulot sifatiga guvohlik beruvchi hujjat, unda mahsulotning sifati, xuyeusiyatlari, foydalanishta oid baʼzi koʻrsatmalar, mahsulot ishlab chikarilgan joy yoki firma nomi, shuningdek, mahsulotning xavfeizligi va yarokliligiga oid maʼlumotlar aks etgan boʻladi. Shuning uchun ham koʻp hollarda sifat S.i deb ham ataladi.
- Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- hayot uchun, inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar sotilishini nazorat qilish;
- jahon bozorida mahsulotning raqobatdoshligini taʼminlash;
- mahalliy va qo‘shma korxonalarning, tadbirkorlarning xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorligi uchun va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish;
- isteʼmolchilarni ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) insofsizligidan himoya qilish;
- ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) arizasi asosida, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |