Litsenziya - Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, L. patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. L. beruvchi litsenziar, L. oluvchi litsenziat deb yuritiladi.
Litsenziya turlari - Yangi texnika va texnologiyaga oid L.lar 3 xil boʻladi:
- oddiy L. — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir L.ni maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi;
- Maxsus L. — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi;
- Toʻliq L. — bunda L. obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Bunday qoida L. berilgan muddat ichida amal qiladi. L. muayyan narxda sotiladi.
- Shuningdek, L.ning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi.
Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. - Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
- Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish:
- litsenziyalovchi organ tomonidan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
- sud tomonidan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
- Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladigan holatlar:
- litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda;
- litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
- Muhim! Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |