. Opistotonus- isterik tutqanoq vaqtida yoki strixnindan zaxarlanganda orqa muskullarining tortishib odamning kamalakka o’xshab egilib qolishi.
. Paramneziya- xotiraning buzilishi.
. Paraplegiya- qo’l yoki oyoqning butunlay falajlanishi.
. Paraspazm- tananing chap va o’ng tomonidagi ayrim gruppa muskullarining bir vaqtda tortishishi.
. Paratrixos- sochning o’z o’rnidan boshqa joyda o’sishi.
. Proktologiya-gastroenterologiya kasalliklarini ularning diagnostika davolash va profilaktikasini o’rganadigan fan.
. Proktotomiya- to’g’ri ichakni operatsiya bilan kesish.
. Psixokinez- ixtiyoriy harakatning boshqa shaxsga bevosita tasir ko’rsatishi yoki ongning jismoniy kuch ishtirokisiz narsalarga ta’siri.
. Psixopatiya- ma’lum bir psixik kasallik bo’lmay ayrim shaxslarda psixikaning buzilib turishi.
. Raxiometr- umurtqa ustunning egilganligini o’lchaydigan asbob.
. Reanimatsiya- organizm so’nayotgan yoki endigina so’ngan, hayot uchun zarur faoliyatini tiklashga qaratilgan davolash tartiblari majmuasi.
. Revaktsinatsiya- qayta emlash.
. Rektoskop- to’g’ri ichakni tekshirish, ko’rish uchun ishlatiladigan asbob.
. Rektostomiya- bitib qolgan to’g’ri ichakning ikki qismini xirurgiya yo’li bilan ochish.
. Rinomikoz- burun bo’shlig’i shilliq pardasining zamburug’ kasalligi.
. Rinonekroz- burun to’qimalari nekrozi.
. Retraksiya- tish qatorlarining g’ayritabiiy tarzda orqaga surilib qolishi.
. Reproduksiya- voyaga yetgan organizmlarning nasl berishi.
. Splenomegaliya- taloqning kattalashuvi.
. Splenopatiya- taloqning ayrim kasalliklari.
. Spongioz- to’qima yallig’langanda yoki undan o’sma yuzaga kelganda hujayralar orasida zardob to’planib, shish paydo bo’lishi.
. Spondilit- umurtqaning yallig’lanishi.
. Staz- ayrim kapillyarlar, mayda arteriya va venalarda qon to’xtab qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |