2. Fanning mazmuni
2.1. Farmatsiya, klinik farmatsiya va kasbiy ta’lim yo‘nalishi uchun ma’ruzalar mavzusi
Ma’ruza№1
Mavzu: Patologiya faniga kirish. Farmasevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati.
Umumiy patologiya fundamental fandir. Umumiy patologiya fani va vazifalari:uning oliy tibbiy ta’limotdagi tutgan o‘rni; umumiy patofiziologiya hozirgi zamon tibbiyotining nazariy asosidir. Irsiyat va uning patalogiyada tutgan o‘rni. Irsiy kasalliklar. Irsiyat va uning patalogiyada tutgan o‘rni. Irsiy kasalliklar.(5,5soat) Adabiyotlar:1,2
Ma’ruza№2
Mavzu: Qon aylanishining mahalliy buzilishlari. Tromboembolizm va staz.
Arterial va venoz giperemiyalarida va stazda organizmda mahalliy va umumiy o‘zgarishlar, ularni oqibatlari. Regional mikrotsirkulyasiyani buzilishi.(5,5 soat) Adabiyotlar: 2,3,4
Ma’ruza№3
Mavzu: Yallig‘lanish. Isitma.
Alteratsiya: yallig‘lanish o‘chog‘ida moddalar almashinuvining va fizik – kimyoviy o‘zgarishlarni kuzatilishi. YAllig‘lanish mediatorlari: ularning turlari, kelib chiqishi, rivojlanishidagi ahamiyati. YAllig‘lanish mediatorlari (5,5 soat) Adabiyotlar 1,2,3
Ma’ruza№4
Mavzu: Qon tizimining patologiyasi. Trombositopatiyalar.
Anemiyalar etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi va asosiy ko‘rinishlari (postgemorragik, gemolitik, mieletoksik, vitamin V12, temir etishmasligi). Issiq urish. Gipertonik sindrom.(5,5 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Ma’ruza№5
Mavzu: Yurak – qon tomirlari tizimi patologiyasi.
Qon aylanish etishmovchiligi tushunchasi, uning asosiy ko‘rinishi va turlari, qonning umumiy xajmi kamayishida qon aylanish etishmovchiligi, o‘tkir qon yo‘qotish gipovolemiya asosiy sabablaridan biri ekanligi, qon yo‘qotishda organizmning ximoya moslashuv reaksiyalari: tezda sodir bo‘ladigan gemodinamik reaksilar, qonning xajmi, plazma oqsillari, shaklli elementlarning o‘z xolatiga qayta tiklanishi. Toj tomirlar aterosklerozi.(5,5 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |