Zoonoz infeksiya qo’zg’atuvchilari
Zoonoz (zoonosis – yunoncha so’z bo’lib, zoon- hayvon; nosis-kasallik) yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlar ham bu kasalliklarga beriluvchan hisoblanadi. Bu qo’zg’atuvchilar har xil oila, avlodlarga mansubdir: tounni Yersinia pestis, tulyaremiyani — Francisella tularensis, brusellyozni — Brucella abortus, Br.melitensis, Br.suis, kuydirgini —Vas. anthracis keltirib chiqaradi. Bundan tashqari zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilariga leptospirozlar, sariq istima (jeltaya lixoradka), yaщur (manqa) va ko’plab kasallik qo’zg’atuvchilari kiradi. Tabiiy sharoitda kasallik manbasi hayvonlar hisoblanadi va hayvonlar o’rtasida epizootiya ko‘zatiladi. Odamdan odamga kasallik o’tmaydi, ma’lum sharoitlarni hisobga olmaganda (masalan, o’latni o’pka formasida, sariq istimada), odam kasallik manbasi bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan bakteriyalar kuchli virulentliligi bilan farq qiladi va o’ta xavfli yuqumli kasallikni avj oldiradi. Shuning uchun ushbu bakteriyalar bilan bog’liq bo’lgan bakteriologik ishlar xafsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Zoonoz yuqumli kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida bakterioskopik, bakterologik, serologik usullar, hamda biologik sinamalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, teri-allergik sinama ham qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |