Patogen zoonoz o’ta xavfli bakteriyalar. Kuydirgi (Sibir yarasi), Toun (o‘lat), brutselloz, qo’zg’atuvchilari. Ularning mikrobiologik xususiyatlari


Download 87.23 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi87.23 Kb.
#228435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Labaratoriya mashg’uloti 15

Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqich-tekshirilayotgan material GPA, GPB va ZQA (zardobli qonli agar) ga ekiladi va termostatga 37º S da 18-20 soat qo’yiladi.

Ikkinchi bosqich – Ekmalar termostatdan olinib Bac. anthracis suyuq va zich muhitlarda o’sish xususiyatlari o’rganiladi. Bac.anthracis ning virulentli shtamlari agarda R-koloniya hosil qiladi. Koloniyalar mikroskopni kichik ob’ektivida qaralganda “sher yoli” yoki “medo‘zani bosh” ga o’xshash ko’rinishda bo’ladi. Avirulent shtamlari S-koloniya hosil qilishi mumkin. Kuydirgi qo’zg’atuvchisi GPB parcha-parcha cho’kma hosil qilib o’sadi. Qonli agarda o’sganda koloniyalari atrofida gemoliz ko‘zatilmaydi. Bo‘londa o’sgan kulturasidan “osilgan” tomchi preparati tayyorlanib harakatchanligi o’rganiladi. Bac.anthracis harakatchan emas. Qo’zg’atuvchini sof kulturasini ajratib olish maqsadida shubhali koloniyalardan qiyalantirilgan GPA ekiladi va bo‘lonli kulturadan “marvarid shodasi” sinamasi (tezkor usul) qo’yiladi. Buning uchun Xottenger bo‘loniga 30% inaktivasiya qilingan ot qon zardobi qo’shiladi va har 1 ml bo‘longa 0,5 XB da pensillin qo’shiladi. Bo‘lon 2-3 ml dan probirkalarga qo’yilib, har biriga 2 tomchidan tekshirilayotgan bo‘lonli kulturadan qo’shiladi. Ekma 3 soat 37º S termostatda saqlanadi. Har bir probirkalardan bir nechta surtmalar tayyorlaniladi va havoda quritilib Kornua suyuqligida (6 qism etil spirti + 3 qism xloroform + 1 qism uksus kislotasi), suyuqlik to’liq parlanib ketguncha qotiriladi. Surtma metilen ko’ki bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi. Surtmada kuydirgi qo’zg’atuvchisi “marvarid shodasini” eslatib sferoplastlarga aylanadi (sxema 14). Bu holat Bac.anthracis ni patogen bo’lmagan basillalardan ajratish imkonini beradi.

Uchinchi bosqich – Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi va 12 –sxemada keltirilgan sinamalar qo’yiladi.

To’rtinchi bosqich- qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi (jadvalga qaralsin). Bac.anthracis saprofit basillalarda identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi.




Download 87.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling