Uslubiy ko’rsatmalar
Bakterioskopik tekshiruv (14 –sxema). Olingan materiallardan surtma tayyorlanib Nikiforova aralashmasida 20 minut qotiriladi. Surtmalar Gram usulida bo’yaladi. Kapsulani aniqlash maqsadida surtma Burri-Gins usulida bo’yaladi. Mikroskop ostida Bac.anthracis yirik (1-2 x 6-10 mkm) grammusbat, alohida yoki zanjirsimon joylashgan, harakatsiz tayoqchalar ko’rinishida bo’lib, nativ preparatda yoki maxsus oqsilli muhitlarda o’sganda kapsulasini ko’rish mumkin. Bac. anthracis kapsula hosil qilganda bir necha tayoqchalar umumiy bitta kapsulaga o’ralgan bo’lishi mumkin.
Kuydirgi kasalligiga tez diagnoz qo’yish uchun patologik materiallardan tayyorlangan surtmalar immunoflyuoressensiya usulida ham tekshiriladi. Buning uchun maxsus flyuroxrom bilan nishonlangan quydirgiga qarshi AT lar bilan surtmalar ishlov beriladi va surtma lyumenisent mikroskopida ko’rilganda Bac.anthracis tayoqchalari sariq yashil tovlanib turadi Olingan bakterioskapik usullar asosida birinchi taxminiy diagnoz qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |