Patologik holat haqida tushuncha
Ushbu maqolani ham o‘qing
Download 24.63 Kb.
|
28 Patologik holat haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depressiyada xotira buziladimi
Ushbu maqolani ham o‘qing: Araxnoidit va leptomeningit – bitta kasallikmi?
Depressiyada hulq-atvor qanday buziladi?Depressiyada hulq-atvor buzilishlari juda ko‘p uchraydi. Bular – o‘z joniga qasd qilishga intilish, biror-bir faoliyatga qiziqmaslik, kamharakatchanlik, uydan chiqmay yotaverish, yolg‘izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish, ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo‘yish. Depressiyada xotira buziladimi?Depressiyada xotira va fikrlash jarayoni buzilishlari ko‘p uchraydi. Parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa eslab qolishning buzilishi juda ko‘p kuzatiladi. Fikrlar karaxtligi – depressiyaning asosiy belgilaridan biridir. Kuchli odamlarda ham depressiya kuzatiladimi?Depressiya odatda kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko‘p uchraydi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o‘rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan: depressiyaga uchragan shaxslarning o‘ziga xos dunyoqarashi bo‘ladi, ular atrofdagi voqealarni o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular ko‘pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, o‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishadi. Bu odamlar faqat marrani egallash uchun yashaydilar. Shu bilan birga boshqalar, masalan, hamkasblarining xatolarini topish va maslahat berib yurishni xush ko‘rishadi. Agar uning xatosini ko‘rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi. Ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga odatlangan, o‘ta talabchan bo‘lishadi, bola-chaqasidan ham shunday yashashni talab qilishadi. Bu, ko‘pincha, oilaviy majoralarga sababchi bo‘ladi. Bunday shaxslar oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar va musibatli voqealarni og‘ir qabul qilishadi, ichkilikka ham tez ruju qo‘yishlari mumkin. Ba’zan ularning turmushi ham beqaror bo‘ladi. Ular yolg‘izlikni yoqtirishadi, biror bir ishni boshlashsa yoki rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi. Bunday odamlar arzimagan bahodan juda xursand va arzimagan koyishdan qattiq xafa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir. Download 24.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling