Paxta sanoati mashinalarini ishlab chiqarish


Paxtani qayta ishlashda foydalanilgan xorijiy mashinalar va uskunalar


Download 262.45 Kb.
bet3/4
Sana20.10.2023
Hajmi262.45 Kb.
#1713491
1   2   3   4
Bog'liq
1-PSMT maruza darsi

Paxtani qayta ishlashda foydalanilgan xorijiy mashinalar va uskunalar.


Paxta tozalash uskunalari paxtani quritish, ularni qo’shimcha iflosliklardan tozalash, paxta tolasini chigitdan ajratish, tolani qo’shimcha iflosliklardan tozalash, momiqni chigitdan ajratish va tolani hamda momiqni toyga presslash kabi majmuaviy ishlarni bajarishga qaratilgandir.

Paxta xomashyosini quritishda xorijiy texnologiyalar bo’yicha ko’pincha minorali quritgichlardan foydalaniladi (1.12-rasm).


Minorali quritgichning texnik tasniflari quyidagi 1.7-jadvalda keltirilmoqda.

1.12-rasm. Minorali quritgichni tashqi ko’rinishi va texnologik sxemasi


1-nam paxtani uzatish pnevmoquvuri; 2-quritgich qobig’i; 3-quritishda paxta o’tadigan kurakchalar; 4-qurigan paxtani olib chiquvchi quvuri.
1.7-jadval
Minorali quritgichning texnik ko’rsatkichlari


1. Ish unumdorligi paxta bo’yicha, kg/soat 45000

2. Namlik olish miqdori, % 1÷3

3. Quritish agenti harorati, 0S 160

4. O’rnatilgan kurakchalar soni, dona 11÷23

5. Kurakchalar orasidagi masofa, mm 406

6. Kurakchalar eni va uzunligi (varlant-1), mm 1829 x 1829

7.(variant-2), mm 1829 x 3353



Olti barabanli mayda iflosliklardan tozalagich (Cleaner-96” va 120”) Tozalagich yaxlit metalli bo’lib ikki varlantda eni-96’’ (2438 mm) va 120’’ (3045 mm) tayyorlanadi [3]. U gorizontga 30-450 burchak ostida joylashgan olti qoziqli
barabandan iborat. Qoziqli baraban tagiga simli kolosniklar 5-7 mm oraliq bilan o’rnatilgan.
Tozalagich quyidagi tartibda ishlaydi. Paxta quvur orqali tuynukdan (1) havo bilan aralashgan holda birinchi qoziqli barabanga (2) tushadi. Qoziqli barabanlar havo oqimi yo’nalishida aylanishi sababli, paxta titilgan holda qoziqli barabanlar ustida harakatlanib, oxirgi barabanga yetgach pastki qismga tushadi. So’ngra paxta teskari yo’nalishda harakatlanadi (1.13-rasm).
Barabanlar qoziqchalari bilan paxtani titib simli kolosniklar ustidan olib o’tadi. Aylanuvchi barabanlar zarbasi va markazdan qochma kuch ta’sirida mayda iflosliklar simli kolosniklar orasidan tushib ketadi.

1.13-rasm. Olti barabanli tozalagich (Cleaner-“96” va ”120”) ning texnologik sxemasi va tashqi ko’rinishi.
1-kirish tuynugi; 2-qoziqli barabanlar; 3-simli kolosnik; 4-tozalangan paxtani chiqarish tarnovi; 5-ifloslik bunkeri; 6-ko’rish oynasi.
Tozalangan paxta birinchi baraban tagidan lotok (4) orqali keyingi ishlovga beriladi. Ajralib chiqqan ifloslik bunkerdan (5) ifloslik uzatish transporti yordamida chiqariladi.

Download 262.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling