Paxtaobod tumani X
Vatan himoyasi – muqaddas burch
Download 67.5 Kb.
|
Xizmatingiz buyuk - biz uchun! Insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan himoyasi – imon ramzidir!!!
- Harakatlar strategiyasi
Vatan himoyasi – muqaddas burch
Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon ishlatamiz? Chunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib o'sadi. Kishining tug'ilganda kindik qoni to'kilgan yer uning Vatani hisoblaniladi. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, ximoya qilish xar bir insonning muqaddas burchidir. Axir donolarimiz bekorga aytishmaganku: Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas, Yurt qo'riganning yurti buzilmas. Yurtda vatanni sevadigan, ardoqlaydigan va himoya qiladigan mardlar bor ekan shu yurt doimo yuksalaveradi, gullayveradi. Xar bir el, xar bir millat uchun o'zining tug'ilib o'sgan vatanidan ardoqliroq maskan bo'lmasa kerak. Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida Makkai mukarrama tomonga yuzlanib: «Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o'z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo'lar edim»,- degan ekanlar. Demak, ona vatanini sevish, undagi bor narsalarni ardoqlash va sog'inib yashashlik insoniyat fitratida mavjud bo'lgan nozik his-tuyg'udir. Qaerga bormasin kishi o'z vatanini baribir qumsayveradi. Chunki, inson dunyo yuzini ko'rgach birinchi bo'lib vatanidagi havodan nafas ola boshlaydi, vatanidagi tuproqda ilk qadamlarini qo'yib yurishni o'rganadi, dunyoni tanishni shu vatanni anglashdan boshlaydi. Ilk kindik qoni to'kilgan, dastlabki qadamlarini qo'ygan tuproqni himoya qilishlik barchamizning Vatan oldidagi muqaddas insoniylik burchimiz hamdir. Vatan himoyasi – imon ramzidir!!! Muborak istiqlol bizga in'om etgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida mamlakatimizdagi osudalik, mehr-oqibat va bag'rikenglik, millatlararo totuvlik yanada mustahkamlanmoqda. Tinchlik – bu xotirjamlik va barqarorlikdir. Imon esa qalb xotirjamligidir. Demak, tinchlik va imon ma'nolari bir-biriga juda yaqindir. Shunga binoan bir kishining tinchligi jamiyat tinchligini bir qismidir. Zero, kishi o'zi yashab turgan jamiyatning uzviy a'zosidir. Demakki, har bir inson butun jamiyat a'zolari uchun muhim bo'lgan tinchlikni saqlash yo'lida hamkorlik qilishi eng zaruriy burch va vojib amaldir. Vatan himoyasida faqat harbiy kishilar emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar – o'qituvchi yoki shifokor bo'ladimi, tadbirkor yoxud xizmatchi bo'ladimi, qayerda bo'lmasin o'z Vatanini himoya qilishi kerak. Himoya qilish deganda faqat qurol bilan emas, kerak bo'lsa so'z bilan, g'animlarga raddiya berish bilan vatanga tosh otuvchilar va ig'vogarlarga qarshi kurash yo'llari bilan inson o'z yurtini, millatini, xalqini himoya qilishi zarur! Vatan himoyachisi bo'lish sharafli burchdir. Kindik qoni to'kilgan Vatanni, shu mustaqil yurtni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash inson uchun go'yo o'z oilasini, sha'nini, or-nomusini, imon-e'tiqodini himoya qilish kabidir. Bu yo'lda fidoiy bo'lgan kishi yuksak maqomga yetishi ulkan ajrlar sohibi bo'lishi haqida bashoratlar mavjud. Payg'ambarimizning “Kimiki bir kecha chegara poylasa, unga bir oy kunduzi ro'za tutib, kechasi ibodat qilganlik savobi yoziladi degan xadislari xar bir vatan ximoyachisini ruxlantiradi. Buyuk ajdodlarimiz yurt himoyasi yo'lida sha'ni, oru nomusini, imonini o'rtaga qo'yib, yovga qarshi kurashgan. Ularning so'zi, ahdu paymonlari va qasamyodlari qilichdanda o'tkir, keskir bo'lgan. Zamonlar, makonlar o'zgarsa-da, Vatanga muhabbat, imonga sadoqat mohiyati aslo o'zgarmadi. Ona-Vatan himoyasi mavzusida so'z borar ekan buyuk sarkarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug' yurtparvarlar, Vatan ozodligi yo'lida qo'lida jon bergan Shayx Najmiddin Kubro, Vatan hijri va dog'ida yonib o'tgan Bobur Mirzolar ibrati beixtiyor ko'z oldimizga keladi. Buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temurning naqadar buyuk vatanparvar bo'lganliklarini tarix juda yaxshi biladi. Ulug'larimiz ta'kidlaganlaridek: “Millat g'amida yongan, uning istiqboli va istiqloli yo'lida fidokorlik ko'rsatib yashagan arbobni kelajak va tarix hech qachon unutmaydi. Amir Temur ana shunday tarixiy va unutilmas shaxsdir”. Bizlar o'z jigarband, dilbandlarimiz, farzandlarimizga ana shu ulug'lar yo'lini, ularning ona Vatan himoyasi va manfaati yo'lida ko'rsatgan buyuk jasoratlari va sadoqatlarini tushintirmog'imiz lozim. Shundagina ularning dilidan Vatanga muhabbat tuyg'ulari, yurtni tashqi kuchlar xurujidan hamisha himoya qilish hissi mustahkam o'rin oladi. Bu tuyg'ular naqadar ulug'ligi haqida Hazrati Ali karramallohu vajhahu bunday degan edilar: “Ona-Vatanni sevish tufayli dunyo obod bo'lur”. “Vatanparvar – o'z vatani kamoloti yo'lida, o'z xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-g'ayrati tugul, jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatanining ozodligi, farovonligi uchun bor-budini fido qiluvchi insondir”, - degan ekan mutafakkirlardan biri. 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarga muvofiq, qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va eng yangi qurol-yarog‘ va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi. Ta’kidlash joiz, Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish jarayonida eng jiddiy muammolardan biri — bu kadrlar masalasidir. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida harbiy ta’lim sohasini tubdan isloh etishga kirishildi. Bir qator yangi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda harbiy xizmatga salohiyati yetarli, ahdi qat’iy, shijoatli, mard va jasur Vatan himoyachilarini tayyorlashga kirishildi. Qurolli Kuchlari akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Harbiy tibbiyot akademiyasida 32 yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Natijada mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari safini milliy kadrlar bilan to‘ldirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, muddatli xarbiy xizmatga chaqirish bir yilda bir marta tashkil etilib, uni o‘tash muddati bir yil qilib belgilanganligi, serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik rezervi xizmati joriy etilgani milliy armiyamiz qiyofasini va mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimini takomillashtirish borasida ko‘rilgan bu kabi chora-tadbirlar Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan to‘ldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, ularning jismoniy va intellektual rivojlanish darajasi oshdi, qolaversa, keng jamoatchilik o‘rtasida harbiy xizmatning obro‘-e’tibori tubdan yuksaldi. Milliy armiyamizda o‘z burchini o‘tab qaytgan fuqarolarning keyingi faoliyati ham davlatimizning doimiy e’tiborida. Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda ularga alohida imtiyozlar belgilangani, ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilayotgani ana shular jumlasidandir. Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar qobiliyatini har tomonlama mustahkamlash maqsadida bugungi kun talabidan kelib chiqib harbiy-ma’muriy okruglar tuzildi. Harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy turar-joylar qurish, mavjud turarjoy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2016 – 2025 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturiga ko‘ra har yili 900 dan ziyod harbiy xizmatchi turar-joy bilan ta’minlanmoqda. Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufida zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlangan, malakali tibbiy xodimlar faoliyat olib borayotgan yigirmadan ortiq davolash-profilaktika muassasalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan ko‘p sonli tibbiyot punktlari, shu bilan birga harbiy sanatoriyalar va boshqa maxsus harbiy-tibbiyot muassasalari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog‘ligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib borishmoqda. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, mudofaa sohasining takomillashtirilishi, ushbu sohaga berilgan e’tibor natijasida bugungi O’zbekiston yoshlari Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni nafaqat fuqarolik burchi sifatida, shu bilan birga eng yuksak maqomdagi mutaxassislik sifatida qabul qilmoqdalar. Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirish tanlov asosida o‘tkazilayotganligi buning yaqqol isbot-dalilidir. Armiya saflariga xizmatga kelgan yoshlarimiz bu yerda faqat harbiy mutaxassislikni egallash bilan cheklanayotganlari yo‘q. Ham jismonan, ham ma’nan chiniqib qat’iy irodaga va hayotiy pozitsiyaga ham ega bo‘lmoqdalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling