Payg'ambarimiz sahobalari yoki aṣ-ṣaḥābah
Download 24.43 Kb.
|
Sahobalar hayoti
Shia qarashlariKeyingi sheriklarning maslahati shi'iy ulamolar Muhammadning vorisi haqida, shuning uchun adolatsiz sheriklardan rivoyat qilingan deb hisoblangan hadisni bekor qiling va Muhammadning oilasi va Alini qo'llab-quvvatlagan sahobalar bilan bog'liq deb hisoblangan hadisga ko'proq ishonasiz. Shialarning ta'kidlashicha, Muhammad o'zining vorisini Dovat Zul Asheerada yashagan paytida e'lon qilgan[19] Payg'ambarlik davrida ko'p marta va nihoyat Gadir Xumm voqeasi.[20] Shialar, Muhammadni barcha sahobalarni gunohdan xalos qilgan deb da'vo qilingan har qanday hadis Ahl-baytga qarshi bo'lganlarning yolg'on xabaridir, deb hisoblashadi.[21] Sahobalar (arab. — hamroh, doʻst) — Muhammad sallollohu alayhi vasallamning safdoshlari, yaqin yordamchilari. Keyinchalik Muhammad sallollohu alayhi vasallamni loaqal bir marotaba, garchi goʻdaklik chogʻida boʻlsa ham koʻrgan barcha kishilar S. deb atala boshlagan. S. Arabistondan tashqaridagi oʻlkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qoʻshinining oʻzagini tashkil etgan. S.ning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan, ular dastlabki xalifalarni saylashga taʼsir koʻrsatganlar, ularni noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayinlashgan. S.ning islom tarixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad sallollohu alayhi vasallam vafot etganidan soʻng, uning taʼlimotini hammalari bir boʻlib saqladilar. S.ning Paygʻambar soʻzlari va ishlari haqidagi hikoyalari (hadislar), shuningdek, shaxsiy oʻrnagi va fikri islom axloqiy taʼlimoti — sunnaning eng muhim tarkibiy qismini tashkil etdi. S.ga boʻlgan hurmat, ehtirom keyinchalik ularning qabrlarini eʼzozlashga va fazilatlari haqida asarlar paydo boʻlishiga olib keldi.[1] Саҳоба – Муҳаммад саллаллоҳу алайҳи васалламнинг сафдошлари, у Зот билан мулоқотда бўлган кишилардир. «Саҳоба» сўзи «суҳбатдош», «йўлдош», «ҳамроҳ» маъноларини англатади. Мусталаҳул ҳадис илми уламолари истилоҳида саҳоба «Набий саоллаллоҳу алайҳи васаллам билан мусулмон ҳолида учрашиб, мусулмон ҳолида вафот этган кишидир». Гарчи орада муртад бўлиб, кейин яна тавба қилиб мусулмон бўлса, саҳиҳ қавлга кўра, саҳоба саналади. Имом Бухорий каби муҳаддис ва аксар фуқаҳоларнинг фикрича, Набий саллаллоҳу алайҳи васалламни бир марта кўрган бўлса ҳам, гарчи у Зот билан бирга ўтирмаган, ҳамроҳ бўлмаган бўлса ҳам, саҳоба ҳисобланади. Жумладан, Аҳмад ибн Ҳанбал: «Ким Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам билан бир йил, бир ой, бир кун, ҳатто бир лаҳза ҳамсуҳбат бўлса ёки у Зотни кўрса, у саҳобадир», деган. Усулул фиқҳ уламоларининг аксарига кўра, саҳоба бўлиш учун Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам билан бирга ўтирган, у Зот билан ҳамсуҳбат бўлган бўлиши керак. Download 24.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling