Payt holini ifodalovchi sintaktik birliklarning


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1368539
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-сон 2020 йил 164

Хорижий филология №1, 2020 йил 
 
167 
Mohir matodorlar har yili kelishardi 
(E.H., 108). 
4. 
Temporallikni 
ifodalashda 
ergashgan qo’shma gaplarning roli kattadir. 
Nemis tili misolida S.Y.Abdullayevaning 
“Payt ergash gapli qo’shma gaplar sintaksisi” 
mavzudagi 
monografik 
tadqiqotida 
ta’kidlanishicha, “Aksariyat holatlarda payt 
ergash gapli qo’shma gaplarda u yoki bu 
zamon shakllarining, u yoki bu boshqa payt 
bog’lovchilarining 
qo’llanilishi 
qo’shma 
gapda 
qo’llanilgan 
fe’lning 
aksional 
(chegaralangan/chegaralanmagan) 
ma’nolariga va ular yordamida ifodalangan 
aspektual vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Payt 
ergash gapli qo’shma gaplarni tahlil qilganda 
nafaqat payt bog’lovchilarining semantikasi
ergash gaplarning bosh gapga nisbatan 
joylashuvi, zamon shakllarining qo’llanishini, 
balki 
tus-zamon 
shakllarida fe’llarning 
aksional semantikasi, ular va aspektual (va 
taksis) kontekstlari yordamida ifodalangan 
aspektual vaziyatlarni ham inobatga olishimiz 
shart” (Abdullayeva, 2009, 13). 
Aytish joizki, bunday holda payt 
ergash gapning kesimi ifodalagan ish-harakat 
semantikasini bosh gap kesimi ifodalagan 
semantika bilan qiyoslash natijasida amalga 
oshirilganda, ergash gap kesimining ish-
harakati bosh gap kesimi ish-harakatidan 
oldin, keyin yoki har ikkala, ya’ni bosh va 
ergash gaplar kesimlarining ish-harakati bir 
paytda bajarilishiga qarab tahlil qilish bilan 
cheklanish mumkin. Ammo, payt ergash gapli 
qo’shma gaplarda tarkibida ingliz tili misolida 
temporallikni ifodalovchi bog’lovchilarning 
roli beqiyosdir.
Payt ergash gap ingliz tilida when 
bog’lovchisi bilan berilganda o’zbek tiliga 
quyidagicha tarjima qilinadi:
1. While her true love waited too, and 
they were still waiting when Bill came in 
(E.H., 113) 
Bill kelganida sevishganlar hamon 
visoliga yetishmagandi (E.H., 99). 
2. A few kids came up when the bus 
stopped (E.H., 122). 
Avtobus to’xtagach, bir necha bola 
yugurib keldi (E.H., 107). 
3. When the fifers stopped they all 
crouched down in the street (E.H., 143) 
Kuy 
tinishi 
bilan 
hammalari 
ko’chaning o’rtasida cho’qqayib o’tirib 
olishdi (E.H., 127). 
4. When the left two bulls had been 
unloaded the herd were all together (E.H., 
132). 
Oxirgi ikki buqani tushirishgandan 
so’ng poda bir joyga to’planib oldi (E.H., 
117). 
5. When I went back into the inn the 
woman was down in the kitchen (E.H., 106). 
Mehmonxonaga qaytib kelsam, beka 
oshxonada ekan (E.H., 92). 
Payt ergash gaplarni bosh gap bilan 
bog’lanishida while, after, as, what time 
kabilar ham qo’llaniladi:
1. While I had him on, several trout 
had jumped at the falls (E.H., 113). 
Uni ilmoqdan olayotganimda bir 
necha xonbaliq havoga sakradi (E.H., 98). 
2. After it was over we went out and 
pressed tight in the crowd (E.H., 158) 
Jang tugagach, biz ko’chada turtinib-
surtinib olomon orasidan chiqib oldik (E.H., 
142). 
3. As we started along the road he 
turned and walked back toward the inn (E.H., 
122). 
Biz yo’lga chiqib olgach, u orqasiga 
o’girilib mehmonxona tomon yurdi (E.H., 
107). 
4. I don’t know what time I got to bed
(E.H., 138). 
Soat 
nechada 
yotganimni 
eslolmayman (E.H., 122). 
Temporallikni ifodalovchi sintaktik 
birliklar sodda gaplar tarkibida ishtirok 
etganda, aynan o’sha gapning kesimi 
ifodalagan ish-harakatning bajarilish paytini 
anglatadi, 
ya’ni 
so’zlovchi 
o’zining 
suhbatdoshiga ish-harakatning bajarilganligi
bajarilayotganini, 
bajarish 
paytini 
aniq 
ifodalash uchun gapda ishtirok etadi. Demak, 
sodda 
gap 
qurilmasida 
temporallik 
elementlarning ifodalanishi adverbial birliklar 
yet – hali, never – hech qachon, now – hozir, 
still – hamon, ever – bir paytlar, once – bir 
vaqtlar, just – bir paytlari, already – 
allaqachon, always – paytida, hamisha, then – 
keyin, shu payt, o’shanda, bu paytda, 
sometimes – ba’zan, at once – darrov, during 



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling