Payvand birikmalar. Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash


Download 189.12 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi189.12 Kb.
#1029106
1   2   3   4
d = 1,2 3 + 4 mm ; 3 < 3 mm; va
d = 1,5 3 + 5 mm ; 3 > 3mm.
Odatda, kontakt nuqtalar orasidagi masofa t = Zd; qirralardan eng chetki nuqtalargacha bo'lgan masofa esa
ti = 12 ~ 1.75d
Nuqtaviy payvand chokni mustahkamlikka hisoblashda ta'sir etayotgan F-kuch hamma payvand nuqtalarga bir xilda ta'sir etadi deb olinadi va kontakt nuqtalar qirqiladi deb ko'zda tutiladi: bu yerda: z-payvand nuqtalar soni; i -har bir nuqtada qirqilishi mumkin bo'lgan tekisliklar soni. (6.12)-munosabatdan ko'rinadiki, payvand nuqtalar soni va ularning diametrini o'zgartirish evaziga mustahkam payvand choklarni hosil qilish mumkin.
Tasmali usulda payvandlash vujudga keltirilsa, hosil bo'lgan payvaidchokning mustahkamlik sharti quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

bu yerda: b-payvand chokning eni; l -payvand chokning uzunligi.
Nuqtaviy kontaktlab payvandlash usuli vagonsozlikda, avtomobilsozlikda, samolyotsozlikda va qishloq xo’jalik mashinasozligida keng tarqalgan.
Umuman olganda payvand choklar mustahkamligi keltirilgan tenglamalar orqali aniklansa, hisob-tekshiruv hisobi deyiladi.
Agarda chokning uzunligi yoki kontaktlab payvandlashda kontakt nuqta diametri aniqlansa, loyiha hisobi deyiladi.
Payvand birikmalar mustahkamligani oshirish bo'yicha tavsiyalar
Payvand birikmalarning ishonchliligiga juda katta e'tibor qaratish lozim. Chokning sifati, uning mustahkamliga amaliyotda turli usullarni oqilona qo'llash orqasida talab darajasiga etkaziladi.
Payvand birikmalarning mustahkamligi konstruktiv (chokka ta'sir etayotgan kuchlarga nisbatan chokni qulay joylashtirish, choklarning o'ziga xos rasmini va boshqalar) va texnologik (payvandlash jarayonida hosil bo'layotgan chokni turli zararli ta'sirlardan muhofaza qilish, termik ishlov berish, puxtalash va boshqalar) usullarni qo'llash vositasida oshirilishi mumkin.
Payvand birikmalarni konstruksiyalashning asosiy qoidalarini quyida bayon qilamiz:

  1. Payvand chokka elektrodning qulay yaqinlashuvini ta'minlash.

  2. Oddiyroq va unumdorroq payvandlash usullarini qo'llash.

  3. Payvand choklar to'qnashib ketmasligi uchun eriyotgan metall miqdorining kamligiga erishish (shaxmat usulida payvandlash).

  4. Yupqa va yengil detallarni qalin va og'ir detallarga payvandlamaslik.

  5. Biriktirilayotgan detallarni qo'shimcha payvandlash moslamalarini ishlatmaslik maqsadida o'zaro muvozanatlash.

  6. Payvandlanayotgan detallarni o'zaro surish yo'li bilan payvand vannasini hosil qilish (bu usul detallammg qirralarini kertishni qo'llamaslik imkonini beradi).

  7. Agar qirrani kertish lozim bo'lsa, mexanik ishlovga moyilroq detalni kertish.

  8. Payvandlanishi j okz bo'lgan detal konstruksiyasini soddalashtirish.

  9. Xomaki detal (zagotovka) larni unifikasiyalashtirish (bir xil qilib olish).

  10. Yupqa devorli materiallarni payvandlashda egilgan va qoliplangan elementlardan keng foydalanish (tuzilma bikrligini oshiradi).

  11. Payvand chok zonasida yupqa qirralarning kuyishi va erib ketishining oldini olish.

  12. Payvandlanayotgan detalning aniq ishlov berilgan qismlarini ishlov zonasidan uzoklashtirish. Aniq yuzalarga payvanddan so'ng ishlov berish.

  13. Turli kesim yuzali detallarni payvandlashda termik kuchla nishlarning oldini olish uchun issiklik buferlarini hosil qilish.

  14. Yopiq bo'shliqli payvandlashda sovish jarayonida vakuum hosil bo'lib, detal devorlari qiyshaymasligining oldini olish.

  15. Kimyoviy-termik ishlov berilgan va toblangan detallarni payvandlamaslik.

  16. Payvand choklarda nuqson bo'lishini nazarda tutib, choklarning uzunligani 30 mm dan kam olmaslik.

  17. Ustma-ust birikmalarda qoplanish uzunligi 4 3 qilib olinadi (3 - payvandlanayotgan detallarning eng kichik qalinligi).

  18. Ro'para chok uzunligi cheklanmasligi bilan bir qatorda yonbosh chok uzunligi bo'yicha kuchlanishlarning notekis taqsimlanishini oldini olish uchun lyon < 50 K deb olinadi.

Yo’nalish o’zgarib turadigan tebranishli yuklanish ta’siridagi tuzilmalarda ustma-ust payvand birikmalar sezilarli kuchlanishlar jamlanishini hosil qilishi mumkinligi e’tiborga olinib ishlatilmaydi. Shu sababli turli metall qo’yilmalar va elementlar ham qo’llanilmaydi.
Download 189.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling