Payvand birikmalar. Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash


Download 189.12 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi189.12 Kb.
#1029106
  1   2   3   4

PAYVAND BIRIKMALAR. UCHMA-UCH PAYVAND BIRIKMA VA UNI
HISOBLASH.


REJA

  1. Elektr yoy payvand birikma hisobi.

  2. Uchma-uch payvand choklarni hisoblash.

  3. Ustma-ust payvandlangan choklarni hisoblash.

  4. Kontakt payvand birikmalarning hisobi.

  5. P

    1. Foydalanilgan adabiyotlar
    ayvand choklar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar.

Elektr yoy payvand birikmalarni turlari bilan tanishish va ularni mustahkamlikka hisoblashni o’rganish. Kontakt payvand birikmalarni turlari bilan tanishish va ularni mustahkamlikka hisoblashni o’rganish.


Umumiy holatlar.
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar safiga kiradi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan konstruksiyalar, suyuqlik saqlanadigan idishlar, fermalar, metall minoralar, korpuslar va ayrim detallar shu usulda olinadi. Payvand birikmalarning keng ko'lamda turli mexanizm, mashina va metall konstruksiyalarda ishlatilishiga sabab, bunday birikmalarning afzalliklarining mavjudligidir.
Payvand birikmaparning afzalliklariga quyidagilar kiradi: metallning tejalishi, amalda turli rasm va o’lchamdagi detallarni olish imkoniyati, statikaviy va zarbiy yuklanishlarda payvand birikmaning mustahkamligi asosiy detalning mustahkamligiga deyarli yaqinligi, payvandlash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatining yuqoriligi, payvand chokning jipszichligi va gaz hamda suyuqlikni o’tkazmasliga.
Payvand birikmalarning bir qancha kamchiliklari ham bor: chunonchi, payvand chok sifatini anikdashning bir muncha qiyishgagi, payvandlanayotgan detalning haroratdan deformasiyalanishi, kuchlanishlar jamlanishining mavjudligi, asosiysi, ba’zi materiallarni payvand usulida biriktirishning mumkin emasligi.
Hozirda qo'llanilayotgan payvand usullari turli-tumandir. Metall elektrod bilan elektr yoy payvandlash (N.Benardos - 1882 yil va N.Slavyanov-1888 yillarda kashf etishgan), elektr shlak payvandlash (detallar qalinligi 30 mm dan 1...2 m gacha bo'lishi mumkin), kontaktlab payvandlash va ishqalab payvandlash keng tarqalgan. Payvandlashning qayd etilgan turlaridan tashqari uning maxsus turlari ham ishlatiladi.
Payvandlashning maxsus turlariga diffuziyali, elektronnur, lazerli, radiochastotali, ultratovushli, portlatish asosidagi, plazmali, detal sirtiga yupqa qatlam qoplash usuli kabilar kiradi. Ko'rsatib o'tilgan payvandlash usullarining o’z ishlatish sohalari, afzalliklari bor. Bundan tashqari plastmassa detallarni payvandlashda ularni gaz issiqlik tashuvchilar, yuqori chastotali elektr toklari yordamida qizdiriladigan elemeitlar, ultratovush, ishqalash va kimyoviy reaksiyalar yordamida payvandlash mumkin.
Payvandlash usullarining joriy etilishi, ayniqsa bu jarayonni to’liq avtomatlashtirish, chok sifatini hamda ish unumdorligini 20-30 barobar oshirish, metallni 15-20%gacha tejash imkonini beradi. Payvandlash usulida olingan po’lat tuzilma (konstruksiya)lar quyma usulida olingan cho'yan tuzilmalardan 50%, po’lat tuzilmalardan esa 30% yengildir.
Payvandlash usulida detallarni uchma-uch, ustmaust va burchak ostida biriktirish mumkin.Payvand choklar rasm bo’yicha uchma-uch va burchakli choklarga farqlanadi. Ammo, turli rasmdagi detallarni biriktirishda bunday choklarning birontasidan yoki ularning ikkalasidan ham foydalanish mumkin.

Download 189.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling