Payvand birikmalar. Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash


Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash


Download 189.12 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi189.12 Kb.
#1029106
1   2   3   4
Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash
Agar detallar bir tekislikda joylashgan bo’lsa, ularning uchlari bir-biriga uchma-uch payvandlanadi. Bunday payvand birikma uchma-uch birikma, hosil bo’lgan payvand chok esa uchma-uch chok deb ataladi.
Shu usulda hosil qilingan payvand birikma pishiq-puxta, oddiy va tebranishli yuklamalar ta'siri ostida bo'lgan tuzilmalarda ko'proq qo'llanishi tavsiya etiladi. Biriktiriladigan detallarning qalinligi bo'yicha uchma-uch chokli payvand birikmalarning rasmi 7.1-rasmda tasvyrlangan.

Uchma-uch payvand chokli birikma
Bu rasmda keltirilgan ma'lumotlar dastaki usulda (ya'ni qo'lda bajarilgan) biriktirilgan detallar uchun xos. Avtomatik usulda hosil qilinadigan payvand birikmalarda detallarning qalinligi birmuncha katta, kertish burchaklari esa kichikroq olinishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Payvand chokning sifati asosiy detal bilan hosil qilingan chokning bir jinsli chiqishiga, chok zichligining uning barcha nuqtalarida deyarli bir xil bo'lishiga, to'gri tanlangan texnologik jarayonning mukammal bajarilishiga bog'likdir.
Payvand choklarni mustahkamlikka hisoblashda hosil qilingan payvand chokning ko'ndalang kesim yuzasiga ta'sir qiladigan kuchlanish qiymati uning hamma nuqtalariga bir xilda ta'sir ko'rsatadi deb olinadi. Odatda, uchma-uch birikmaga cho'zuvchi yoki siquvchi kuchlanish ta'sir etadi. Mustahkamlikka hisoblash sharti esa quyidagi tusdadir:
bu yerda: o -cho'zuvchi yoki siquvchi kuchlanish, MPa; F-chokka ta'sir etuvchi kuch, N; l - chokning uzunligi, mm; o -detallning payvandlanadigan qismi qalinligi, mm; [o ‘]- chok materiali uchui ruxsat etilgan kuchlanish, MPa. Chok materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanishning qiymati payvandlash usuli va payvand elektrodiga bog'liq ravishda 6.1-jadvalga mos holda olinishi mumkin.
1-jadval
Kam uglerodli va kam legirlangan po'latdan tayyorlangan payvand birikmalar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar

Kuchlanganlik holati

Chok turi

Payvand usuli

Ruxsat etilgan kuchlanish

Cho'zilish, siqilish [O'lch

Uchma- uch

Flyus ostida, SO2 muhitida avtomatik va yarim avtomatik elektr-yoy usuli. Dastaki elektr-yoy ^ 42 A, ^ 46 A, 3 50 A elektrodlari bilan kontaktlab, elektron-
nur, diffuziyali

[O'lch

Kesilish [T]k

Burchak
Uchma- uch

Flyus ostida, SO2 muhitida avtomatik va yarim avtomatik elektr-yoy usuli Elektr-yoy dastaki

0,8 [o]ch 0,65 [o]ch 0,6 [o]ch







Burchak






Mabodo, zarurat yuzasidan uchma-uch chokning mustahkamligani oshirish shart bo'lib qolsa, bu holda og'ma chokli uchma-uch birikmadan foydalanish (7.2-rasm), yoki detal qalinligini oshirish mumkin.



Og'ma chokli uchma-uch birikma
1-jadvaldagi [o]ch -birikayotgan detal materiali uchun ruxsat etilgan cho'zuvchi kuchlanish.
Uning qiymati, masalan po'lat St2 uchun 140, StZ uchun esa 160 MPa dir. Agarda, ikki xil, St2 va StZ materialli detallar o'zaro payvand yordamida biriktirilsa, [o]ch ning qiymati kichigi bo'yicha payvand birikma mustahkamligi tekshiriladi.
O'zgaruvchan yuklamali hollarda 7.1-jadval bo'yicha aniqlangan ruxsat etilgan kuchlanishlar V koeffisientga ko'paytirish orqali kamaytiriladi:


(0.58^ ± 0,26)-<0,58^ +0,26)7?
bu yerda: R-siklning assimetriya koeffisienti;
Ka -kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti.
Burchak ro'para choklarida: dastaki payvandda Ka=2,3-3,2; avtomat payvandsa Ka = 1,7...2,4 Yonbosh choklarda Ka = 3,5...4,5;
Uglerodli po'latlarni dastaki uchma-uch payvandlashda Ka= 1,2 2.2-formulaning mahrajidagi yuqori amal belgilari sikllarning o'rtacha kuchlanishi at > 0, quyi amal belgalari esa at < 0, bo'lganda qabul qilinadi.

Download 189.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling